Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Хalqaro hamkorlik

Institutimiz rivoji uchun yana bir qadam tashlandi. Hindiston davlatining Venkateshvar kasalxonasi (Hindistondagi eng yaxshi 5 ta klinikadan biri) bilan memorandum va kelishuv imzolandi. Endilikda ingliz tilini biladigan talabalarimiz, rezidentlarimiz, o‘qituvchilarimiz ushbu klinikada bepul shug‘ullanishlari mumkin. Venkateshvar kasalxonasida jigar transplantatsiyasi, buyrak transplantatsiyasi, barcha onkologik yordam va jami 1500 o'rinli boshqa sohalar yo'lga qo'yilgan. Mamlakatimizda ilk bor Hindistonnnig yetakchi universitetlaridan biri hisoblangan Gurugram universiteti bilan qo‘shma loyiha imzolandi. Shartnomaga ko‘ra, yangi o‘quv yilidan boshlab, ikkala oliy taʼlim muassasasi o‘rtasida, farmasevtika yo‘nalishida qo‘shma fakultet tashkil etiladi. Bunda talabalar 2 yil Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida, 2 yil Gurugram Davlat universitetida soha bo‘yicha tahsil oladilar. O‘qish yakunida esa talabalarga Gurugram Davlat universiteti diplomi topshiriladi.