Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@jcpmfjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Halqaro hamkorlik aloqalari

Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining xalqaro doiradagi hamkorlik aloqalari kengaymoqda, Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori Sidikov Akmal Abdikaharovich boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Turkiya davlatida, xizmat safarida. Institutimiz jamoasi dastlab, dunyoning eng yaxshi 500ta universitetlari qatoridan joy olgan, Turkiyaning eng yaxshi 3ta oliygohlaridan biri bo’lgan, EGE universitetida bo’ldilar. Mazkur oliygoh jamoasi tomonidan institutimiz delegatsiyasi juda iliq tarzda kutib olindi. O’z o’rnida ularga, go’zal Farg’onadan maxsus esdalik sovg’alari topshirildi. 

Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining xalqaro doiradagi hamkorlik aloqalari kengaymoqda, Ma’lumot o’rnida, Ege universiteti 1955-yil 20-mayda tashkil etilgan va unda ikkita fakultet Tibbiyot fakulteti va Qishloq xo'jaligi fakultetlari bo’lgan. Xuddi shu o'quv yilida hamshiralik fakulteti ham tashkil etilgan. 2023 yilga kelib esa Ege universiteti 19 ta fakultet, 9 ta institut, 3 ta oliy oʻquv yurti, 1 ta Turk musiqasi konservatoriyasi, 10 ta kasb-hunar maktabi, 6 ta rektorat boʻlimi, 40 ta amaliy va tadqiqot markazini oʻz ichiga oladi.