FJSTI da navbatdagi ilmiy kengashi boʻlib oʻtdi
2024 yil 5 Fevral kuni, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining joriy yil hisobidagi birinchi ilmiy kengashi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda kengash raisi, institut rektori, professor, A.Sidikov tomonidan kun tartibidagi masalalar tanishtirilib, maʼruzachilar tinglandi. Taʼlim va ilmiy masalalarga oid bir qancha mavzular muhokamaga qoʻyildi. Jumladan, joriy yil davomida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar, tadbirlar va anjumanlar rejasi ko'rib chiqildi, Ilmiy kengashda institut prorektorlari, professor, M.Kadirova, dotsent, U.Boltaboyev, shuningdek kafedra mudirlari va ilmiy kengash a‘zolari ishtirok etdi. Ilmiy kengashda, Institut ilmiy rivojlanishining asosiy istiqbolli yo‘nalishlari, Institutning ilmiy faoliyatini, shuningdek ilmiy-tadqiqot va axborot-tahliliy faoliyatini rivojlantirish, Institut tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlari, Professor-o'qituvchilar, xodimlar va talabalarning maqolalar yozish faoliyatini rag'batlantirish ishlarini amalga oshirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.