Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

“Farg‘onadan – Hindistongacha: bilim, fidoyilik va g‘urur yo‘li”

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining Xalqaro fakultetida tahsil olgan xorijlik talabalar uchun navbatdagi muhim bosqich — bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tantanali tadbir xalqaro hamkorlik, sog‘liqni saqlash sohasi uchun kadrlar tayyorlash va tibbiy ta’limning global integratsiyasi yo‘lida yana bir muhim qadamma bo‘ldi.

Tadbirni institut rektori, professor Akmal Sidikov ochib berdi. U o‘z nutqida bitiruvchilarni ushbu muhim bosqich bilan samimiy tabriklab, ularning kelajakdagi kasbiy yo‘lida — o‘z yurtlarida fidoyilik bilan xizmat qiluvchi shifokorlar sifatida muvaffaqiyat qozonishlariga tilak bildirdi.

Tadbirda Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar va faxriy mehmonlar ishtirok etdilar. Xalqaro darajadagi ta’lim sifatini namoyon etuvchi ushbu marosim ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Joriy o‘quv yili davomida institutdagi o‘quv jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunlagan 131 nafar Hindistonlik talaba o‘z vataniga qaytmoqda. Endilikda ular xalq salomatligi yo‘lida xizmat qiluvchi professional tibbiy kadrlar sifatida faoliyat yuritishadi.

Marosim davomida bitiruvchilarga esdalik sovg‘alari hamda rasmiy sertifikatlar topshirildi. Xorijlik talabalar o‘z minnatdorchiliklarini izhor etar ekan, O‘zbekistonda olgan chuqur bilim, zamonaviy klinik amaliyotga asoslangan o‘quv tizimi, do‘stona muhit va yaratilgan sharoitlarni alohida e’tirof etdilar.Ushbu voqea Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti xalqaro ta’lim makoni sifatidagi maqomini yanada mustahkamlab, turli davlatlar bilan do‘stona hamkorlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.