Virtual qabulxona

+99873243-06-62

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti xodimlari Germaniyada

 Bir necha kun oldin, Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining O'zbek tili,xorijiy tillar va pedagogika kafedrasi mudiri M.Kadirova boshchiligida kafedra katta o'qituvchisi I.Iminaxunova, kafedra o'qituvchisi M.Karimovalar Germaniyaning Akkon Hochschule für Humanwissenschaften oliy maktabiga jo’nab ketdilar.

 Shu kunlarda Germaniyada karantin choralari kuchaytirilgan bo’lsada, institutimiz vakillari mezbonlar tomonidan iliq kutib olindi.

 Mazkur tashrifdan asosiy maqsad O'zbek tili,xorijiy tillar va pedagogika kafedrasi mudiri M.Kadirova tomonidan ishlab chiqilgan "Tibbiy ta'lim pedagoglari uchun" "Tibbiyot pedagogikasi elektron metodik portalini yaratish" nomli amaliy loyiha doirasida yana kengroq ishlash va xorij tajribasini o’zlashtirish orqali samarali natijaga erishishdir.