Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tashkil etish to`grisida

Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Davlatimiz rahbarining 2020-yil, 3-dekabrdagi 4911 sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Dastlab, ushbu maskan 1992-yil Farg’ona Davlat universiteti qoshida Tibbiyot markazi sifatida ish boshlagan. 1998 - 2005 yillara 2- Toshkent Davlat Tibbiyot instituti fialli bo’lgan. 2005 yildan 2020 yilga qadar esa Toshkent Tibbiyot Akademiyasi qoshida faoliyat yuritgan.  O’tgan yil davomida Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti hamda Rossiya Federatsiyasining KURSK va KUBAN tibbiyot universitetlari o’rtasida qo’shma ta’lim dasturi tuzildi. Bundan tashqari institut Belorussiya, Germaniya, Hindiston tibbiyot oliygohlari va Moskva anestoziologiya va reonimatalogiya klinik markazi bilan memorandum imzolandi va tibbiyot mutahassislari hamda talabalarni malaka oshirishida bevosita hamkorlik yo’lga qo’yildi. Yakunlanib borayotgan yil davomida Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 30ga yaqin mintaqaviy hamda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, konferensiyalar o’tkazildi. Ayni damda, Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 3 ta fakultet, 33ta kafedra mavjud. Talabalar soni esa uch ming besh yuzdan ziyod. Bulardan 160dan ortiq talaba, 10ga yaqin xorijiy davlatdan kelib tibbiyot sohasi bo’yicha ta’lim olmoqda.  Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabalari nafaqat tibbiyot balki san’at, madaniyat, sport va IT sohasida ham ko’plab yutuqlarga erishdi Fan olimpiadalari ham qatnashib jamoaviy hamda yakka tartibda yuqori 1-2 o’rinni egallab kelmoqdalar, shu bilan birga  Toshkent tibbiyot akademiyasida o`tkazilgan “Tibbiyot Mohirlari” fan olimpiadasida institute talabalari faxrli o`rinni egallab qaytdilar bu esa taqsinga loyiqdir. Yurtimizda tibbiyot sohasiga qaratilayotgan keng eʼtibor va bu sohani rivojlanishi yoʼlida olib borilayotgan say-harakatlar kun sayin ortib bormoqda. Xususan, Fargʼona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga berilayotgan ishonch va imkoniyat ham yorqin misol boʼla oladi.

 
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4310-son qaroriga 5-ilovaning “Tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari, ularning filiallari va klinikalari” bloki 9 — 11-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: