Virtual qabulxona

+99873243-06-62

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutining yangi kampusi

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutining yangidan barpo etilgan o'quv binosi Irlandiyalik arxitektor Jeyms Hoban tomonidan 224 yil avval neoklassik uslubda yaratilgan Oq uyni eslatadi. Bugun esa ushbu o'quv binosining ochilish marosimi tantanali ravishda kuy-qoʻshiqlar, go'zal raqslar, yodda qolarli xotiralar uygʻunligida o'tkazildi. Marosimda Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Rahimov, Oliy Majlis Senati a'zosi Manzura Salimova, Fargʻona viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Bobur Primqulov, respublikamiz va viloyatimizdagi oliy ta'lim dargohlari rektorlari, tibbiyot muassasalari mas'ullari, bir qator mehmonlar, talaba-yoshlar hamda OAV xodimlari, jurnalistlar ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari talabalar ilm olishi uchun u yerda yaratilgan sharoitlar bilan bevosita tanishdi, neoklassik uslubidagi zamonaviy auditoriyalar, tibbiy ta'lim olish uchun o'rnatilgan asbob-uskunalar esa yurtimizda yoshlarga ko'rsatilayotgan yuksak e'tibor natijasi ekanligini yana bir karra tasdiqladilar.