Virtual qabulxona

+99873243-06-62

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutining yangi kampusi

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutining yangidan barpo etilgan o'quv binosi Irlandiyalik arxitektor Jeyms Hoban tomonidan 224 yil avval neoklassik uslubda yaratilgan Oq uyni eslatadi. Bugun esa ushbu o'quv binosining ochilish marosimi tantanali ravishda kuy-qoʻshiqlar, go'zal raqslar, yodda qolarli xotiralar uygʻunligida o'tkazildi. Tantanali ochilish marosimi davomida estradamiz yulduzlari va talabalarimiz ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi, sport musobaqalari o'tkazildi, turli ko'rgazmalar tashkillandi.

13-aprel kuni ushbu o‘quv binosining ochilish marosimi tantanali ravishda kuy-qoʻshiqlar, go‘zal raqslar, yodda qolarli xotiralar uygʻunligida o‘tkazildi. Zamonaviy kampusdan 200 o‘rinli anjumanlar zali, 2000 nafar talabani qamrab olishga mo‘ljallangan 3 qavatli o‘quv binosi, yangi sport maydoni, 300 o‘rinli zamonaviy oshxona hamda talabalar turar joyi o‘rin olgan.