Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Endokrinologiya yo'nalishida xalqaro kongress

Institutimizda endokrinologiya yo'nalishida xalqaro kongress o'tkazildi Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida "Innovatsiya va integral endokrinologiya" mavzusida Sogʻliqni saqlash vazirligi va bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan O'zbekiston endokrinologlarining III xalqaro kongressi bo'lib o'tmoqda. 2 kun mobaynida o'tkazilishi belgilangan ushbu kongressda soha mutaxassislari, shifokorlar, tibbiyot muassasalari mas'ullari, talaba-yoshlar, professor-oʻqituvchilar, OAV vakillari ishtirok etmoqda. Yirik anjumanda tibbiy mahsulotlar ko'rgazmalari ham namoyish etildi.

Xalqaro kongressni Sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov onlayn ravishda ochib berar ekan, endokrinologiya sohasida erishilgan yutuqlar va kelgusida bajarilishi lozim bo'lgan ishlarga to'xtaldi, bugungi endokrinologlar qanday xususiyatlarga ega bo'lishi zarurligini alohida taʼkidladi.