Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

E‘LON

TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga xususiy tashabbuskor  “MARG`ILON BINOKOR TA`MIR QURILISH” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti (0,3 gektar) hududida 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020-yil 26-apreldagi 259-sonli “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.

Ilova qilinayotgan hujjatlar:

Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar 2024-yil 16-mayga qadar “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

Elektron pochta manzili: fmioz@mail.ru,  info@jcpmfjsti.uz
Telefon raqami: : +998(73) 243-06-62; (98) 128-72-67
Manzil: Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri,  Lutfiy koʻchasi, 3-uy, Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti hududi.

Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli;

Loyiha konsepsiyasi;

Loyiha to‘g‘risida ma’lumot.

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi

Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz

Telefon raqami: +998(71) 203-32-23

Manzil: 100095 Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 7-uy

 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Elektron pochta manzili: pppd@imv.uzAlisher.Normurodov@imv.uz

Telefon raqami: +998(71) 203-50-50 (01936)

Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy

“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.