E‘lon
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2021 yil 9 sentabrdagi 563-sonli qaroriga asosan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tomonidan 2024 yilda davlat-xususiy sherikchilik asosida 1 ta 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurish rejalashtirilgan.
Yuqoridagi qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan institut ma’muriyati davlat-xususiy sherikchilik asosida talabalar turar joyi qurilishi yuzasidan respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan salohiyatli tadbirkorlarni hamkorlikka chorlaydi.
Murojaat uchun telefon: +99873-243-06-62, +99898-128-72-67