Ekologik madaniyat va yashil makon haftali
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 6-apreldagi 04/61-2241-sonli topshiriq xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsasdida “Ekofaol yoshlar” loyihasi doirasida Davolash ishi fakulteti dekanati, tyutorlar hamda ko‘ngilli talabalar ishtirokida"Yashil hudud" ko'chat ekish aksiyasi hamda “Toza kampus” hashari tashkil etildi.

Institut hududi hamda uning atrofida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Tadbir davomida talabalar o‘rtasida tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, atrof-muhitni asrash, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik mas’uliyatni oshirish g‘oyalari targ‘ib qilindi. Institut hududi va unga tutash joylarda daraxt hamda gul ko‘chatlari ekildi, mavjud yashil maydonlar parvarishlandi, hududlar chiqindilardan tozalandi va obodonlashtirildi.




Русский
English