Egey universitetida Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti delegatsiyasining ilmiy-amaliy tajriba almashinuvi.

Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri sanalgan Egey universitetida Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabalari hamda professor-oʻqituvchilari tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy tajriba almashinuvi jarayonlari faol davom ettirilmoqda. Ushbu hamkorlik tashabbusi institutimizda tibbiy ta’lim sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish, ilmiy salohiyatni oshirish va klinik amaliyotlarni takomillashtirishga qaratilgan.
Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy-amaliy faoliyat
Egey universiteti Tibbiyot fakulteti huzuridagi ixtisoslashtirilgan bo‘limlarda institutimiz delegatsiyasi a’zolari quyidagi jarayonlarda bevosita ishtirok etmoqda:
klinik va jarrohlik amaliyotlarni kuzatish va ularga jalb etilish;
professor-o‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazilayotgan dissertatsiya himoyalari, ilmiy seminarlari va mahorat darslarida qatnashish;
o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha so‘nggi ilmiy yondashuvlar, tashxis qo‘yish algoritmlari va davolash protokollarini o‘rganish;
zamonaviy tibbiy texnologiyalar va laboratoriya jihozlari bilan ishlash ko‘nikmalarini takomillashtirish.

Mazkur tajriba almashinuvi talabalarning klinik fikrlash, tahliliy yondashuv, amaliy ko‘nikma va kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Institut xodimlari uchun boshqaruv va HR yo‘nalishida tajriba almashinuvi
Hamkorlik doirasida institutimiz boshqaruv bo‘g‘ini xodimlari uchun ham alohida malaka oshirish dasturi tashkil etilgan. Jumladan:
kadrlar bo‘limi boshlig‘i Egey universitetining Human Resources (HR) tizimi faoliyati,
xalqaro kadrlar boshqaruvi standartlari,
hujjatlashtirish jarayonlari,
zamonaviy boshqaruv texnologiyalari,
elektron HR-platformalar ishlash mexanizmi
kabi yo‘nalishlarda amaliy bilim va ko‘nikmalar olmoqda.
Mazkur tajriba almashinuvi institutimizda xalqaro talablarga mos kadrlar siyosati, samaranli boshqaruv va raqamlashtirilgan HR tizimini shakllantirishga muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Русский
English