Doktorlik dissertatsiyasi himoyasi
Institutimizning Ta'lim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi Nodirbek Komilov 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika) ixtisosligi boʻyicha “Tibbiy ta’lim jarayonida xorijiy talabalar eksklyuziv kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari”(tibbiyot tarixi fanini o‘qitish misolida) mavzusidagi Pedagogika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01 raqamli Ilmiy kengashida yuz foiz natija bilan muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Dissertatsiyaga Kadirova Munira Rasulovna (pedagogika fanlari doktori, professor) ilmiy rahbarlik qilgan.
Oliygohimizning O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Irodaxon Iminaxunova 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Tibbiy ta’lim talabalariga USMLE dasturini integratsiyalashni metodik takomillashtirish texnologiyalari (ingliz tilini o‘qitish misolida)” mavzusidagi Pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.09.2020.tib.122.01 raqamli Ilmiy kengashda yuz foiz natija bilan muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Dissertatsiyaga Kadirova Munira Rasulovna (pedagogika fanlari doktori, professor) ilmiy rahbarlik qilgan.