Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Diagnostic championship

Joriy yilning 20- aprel kuni Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida Prezidentimizning 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta'minlash, xamda tibbiyot talabalarining klinik fikrlashini rivojlantirish, mantiqiy bilimlarini oshirish, intellektual va ijodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida “DIAGNOSTIC CHAMPIONSHIP” intellektual o‘yini bo'lib o'tdi. Mazkur bellashuv “Anesteziologlar, reanimatologlar va intensivistlar” klubi loyihalaridan biri xisoblanib, barcha ishtirokchilarga yangi bilim va ko'nikmalar manbasi bo'lib xizmat qildi. Intellektual o‘yinni o‘tkazishdan maqsad esa qatnashchilarning klinik fikrlashini rivojlantirish, raqobatdosh kadrlarni yetishtirishga hissa qo‘shish, klinik, laborator va instrumental tashxislar natijalarini interpritasiya qilishni o‘zlashtirish, to‘g‘ri va aniq tashxislashni o‘rganish, shifokorlik mas'uliyatini talabalikdan his qilishlariga zamin yaratish, ishtirokchilarni o‘z bilim va mahoratlarini baholay olishlariga qulay imkoniyat yaratishdan iborat bo‘ldi.  “Diagnostika ” chempionatida davolash fakul'teti talabalaridan iborat 2 ta jamoa ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilar tibbiyotga oid bir-biridan murakkab va qiziqarli bo‘lgan vaziyatli masalalarga to‘g‘ri tashxis qo‘yishib, tibbiyotning barcha yo‘nalishlarida o‘zlarining qay darajada bilimga ega ekanliklarini namoyon etdilar. Talabalar qiyinchilikka uchragan savollarga ekspertlar guruxi tomonidan kerakli ko'rsatmalarga ega bo'ldilar. ntellektual o‘yin o‘zaro do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi. Faol ishtirokchilarga faxriy yorliqlar topshirildi. Shuningdek, g‘olib jamoaga “THE BEST DIAGNOSTICIANTEAM” («Eng yaxshi tashxischilar jamoasi») nomli esdalik kubogi bilan taqdirlandi. Mazkur intellektual o'yin institut o'rtasida keng targ'ib qilinib, davomiy o'tkazilib borishiga kelishib olindi.