Virtual qabulxona

+998 95 062-23-45 +998 95 063-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Davolash ishi fakulteti bitiruvchi talabalariga “Workshop” amaliy seminar-treningi o‘tkazildi

Davolash ishi fakulteti bitiruvchi talabalarining amaliy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida 2026-yilning 11-mart sanasida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyoy institutining Ko‘p tarmoqli klinikasida “Workshop” shaklida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar-trening davomida talabalar uchun ichki kasalliklar, jarrohlik, terapiya va boshqa klinik yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy diagnostika va davolash usullari yuzasidan nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Shuningdek, kasalliklarni aniqlash, differensial tashxis qo‘yish va samarali davolash strategiyalarini tanlashga oid ko‘nikmalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, klinika mutaxassislari tomonidan real bemorlar misolida klinik holatlar tahlil qilinib, talabalarning klinik fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan interaktiv muhokamalar tashkil etildi.