Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlar qabuli boshlandi!

Hurmatli talabalar!

Agar siz Davlat nomdor stipendiyalari (Prezident, Ibn Sino va I.Karimov nomidagi stipendiyasi) sohibi boʻlishni istasangiz, 2024-yil 8-iyungacha hujjatlaringizni tayyorlashga shoshiling!

I.Karimov va Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyalari faqat bakalavriatning oxirgi va oxirgidan bir past kurs talabalari uchun, Prezident stipendiyasi esa bakalavriat va magistratura bosqichining oxirgi kurs talabalari uchun berilishi mumkin.

Mazkur stipendiyalar uchun quyidagi hujjatlarni tayyorlash kerak:

- pasport nusxasi;

- ma’lumotnoma-ob'ektivka;

- reyting daftarchasi (barcha semestrlardagi baholari bilan);

- dekanning tavsiyanomasi;

- ilmiy rahbarning tavsiyanomasi;

- ilmiy ishning annotatsiyasi;

- ilmiy ishlar, konferensiyalar, seminarlar va olimpiadalar sertifikatlari va diplomlari (hujjatlar ilmiy kotib tomonidan tasdiqlanishi kerak);

- sport, turli musobaqalar va tadbirlardan sertifikat va diplomlar;

- til sertifikati.

P.S.: Shuningdek chet tili, axborot texnologiyalari va O‘zbekiston tarixini bilish talab etiladi.

Tasdiqlangan barcha hujjatlaringizni fayl papkada iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limiga olib kelish so‘raladi.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefon raqamiga qo'ng'iroq qilish mumkin:+998905334277 Naziraxon Gulamova

2023-2024 o'quv yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va nomdor davlat stipendiyalari tanlovlari uchun maxsus fanlardan dastur

 O'zbekistonning eng yangi tarixi fan dasturi

O`zbekistonning  eng yangi tarixi fanidan baholash mezoni

 Informatika va axborot texnologiyalari fanining dasturi

 Ingliz  fanining dasturi

2023-2024 o'quv yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va nomdor davlat stipendiyalari tanlovlari uchun maxsus fanlardan savollar to'plami

 "O'zbekistonning eng yangi tarixi" fanidan savollar to’plami 

 

 
Oldingi tahrirga qarang.
 
Qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli o‘quvchilarni, talabalar va tayanch doktorantlarni qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar yili” davlat dasturi to‘g‘risida” 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-son qarorida qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Oldingi tahrirga qarang.
 
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
 
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.