Davlat mukofoti
Yildan yilga institutimiz mavqeyi ham, talabalarimizning yutuqlari ham sezilarli darajada ortib bormoqda. Bugun talabalarimiz nafaqat ilm-fan balki boshqa turli sohalarda ham e'tirofga sazovor bo'lmoqda. Institutimiz tarixida ilk marotaba, tibbiyot yo'nalishida, talabamiz Nodirabegim Jamoliddinovaning yurtboshimiz tomonidan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga loyiq deb topilishi barchamiz uchun quvonchli xabardir. Shu asnoda, talabamiz bilan birgalikda ushbu yutuqqa erishish yo'lida yelkama yelka turib, birgalikda harakat qilgan ustozlari, ilmiy rahbari Nigora Dehqonovaga va Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Mahbuba Mamatqulovaga alohida minnatdorchilik bildiramiz!
Mamlakatimizda xotin-qizlarni eʼzozlash, ularning ezgu orzu-intilishlarini qoʻllab-quvvatlash hamda oʻzining iqtidori, izlanuvchanligi, muhim gʻoya va tashabbuslari, ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yurtimiz yoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan ayol-qizlarimiz davlatimiz rahbari tomonidan taqdirlanadi. Bu yil ana shunday yoshlar qatorida Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabasi Nodirabegim Jamoliddinova ham Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga loyiq deb topildi.Talabamizning ushbu yutug'i, uning ilmiy faoliyatini yanada rivojlantirish va ta'lim sohasida olib borgan ishlari, ilmiy izlanishlarini yuzaga chiqarishda qo'llab-quvvatlagan ustozlari, institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Kadirova Munira hamda Dehqonova Nigoraxonlar uchun munosib bayram sovg'asi bo'ldi.