C.U.R.E loyihasi bilan hamkorlik
Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori rahbarligida yana bir halqaro hamkorlikdagi zafarli hujjat imzolanmoqda, PROJECT C.U.R.E. Amerika Qo`shma shtatlaridan biri Kolorado shtatining Denver shahrida joylashgan 501 notijorat gumanitar yordam tashkiloti The Health Charitable Foundationning roʻyxatdan oʻtgan savdo tashkiloti bilan shartnoma tuzadi. PROJECT C.U.R.E. bu dunyodagi eng yirik notijorat tashkilotlardan biri bo'lib, rivojlanayotgan mamlakatlarni tibbiy buyumlar va jihozlar bilan ta'minlaydi. Bu yirik tashkilotga 1987 yilda asos solingan. Uning asosiy maqsadi ishlab chiqaruvchilardan, kasalxonalarga, tibbiyot oliy ta`lim muassasalariga shuningdek mamlakatlardagi mahalliy kasalxonalar va klinikalarning tibbiy extiyojlarini baholash asosida rivojlanayotgan mamlakatlarga tibbiyot jihozlarini yetkazib beradi. Yirik tashkilot O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi hamkorligida Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti bilan rasmiy xujjatlar yuzasidan 2022 yil 08 iyul kuni onlayn muloqot olib boradi. Yaratilayotgan bunday imkoniyatlar institutning kelajakdagi taraqqiyoti, shuningdek institutda taxsil olayotgan talabalar faoliyat olib borayotgan professor-o`qituvchilar uchun yaratiladigan innovatsion yutuqlardan biri bo`ladi.