Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

COVID-19 konferensiya

 
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2023 yilning 28-sentyabr kuni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili dasturi doirasida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilmoqda. Konferensiyaga yuborilgan maqolalar va tezislar to‘plamda  nashr etiladi. To‘plam elektron nusxasi veb-saytga joylashtiriladi. Konferensiyada ma’ruza bilan qatnashish istagidagi ishtirokchilar e’tiboriga: ma’ruza uchun tayyorlanadigan slaydlar soni 10-12 ta, davomiyligi 5-7 daqiqani tashkil etishi kerak.  Videokonferensiya onlayn va offlayn o‘tkazilishini hisobga olib, taqdimotchilar 27-sentyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Barcha konferensiya ma’ruzachilariga sertifikat beriladi.
Anjumanning asosiy yo‘nalishlari:
1. COVID-19 va yo‘ldosh kasalliklar kechishining patofiziologik qonuniyatlari
2. COVID-19 ni yoshlar bo‘yicha asoratlarining patofiziologiyasi
3. COVID-19 kasalligini milliy protokol asosida davolashning o‘ziga xos tamoyillari va reabilitatsiyasi
4. COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda opportunistik kasalliklarni uchrashi
5. COVID-19 – emlashgacha va emlashdan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari
6. COVID-19 epidemiologik jarayonining bugungi kundagi monitoringi