Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Butunjahon anatomiya kuni

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Butunjahon anatomiya kuni keng nishonlandi.

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Butunjahon anatomiya kuni munosabati bilan Anatomiya kafedrasi tomonidan keng ko‘lamli ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning maqsadi — anatomiya fanining tibbiyot ta’limidagi o‘rni va ahamiyatini chuqur yoritish, talabalar orasida ushbu yo‘nalishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirni institut rektori, professor Akmal Sidikov ochib berdi. O‘z nutqida u anatomiya fani tibbiyot ta’limining poydevori ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, tibbiy mutaxassis sifatida yetuk bo‘lish uchun anatomiya fanini mukammal o‘zlashtirish zarurligini, bu yo‘nalishda fundamental bilimlar kelajakdagi amaliy faoliyatning asosini tashkil etishini qayd etdi.

Tadbir davomida Anatomiya kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari tomonidan sahna ko‘rinishlari, tematik chiqishlar hamda zamonaviy ilmiy taqdimotlar namoyish etildi. Talabalar o‘z chiqishlarida inson organizmi tuzilishining murakkabligi va go‘zalligini badiiy hamda ilmiy jihatdan yoritib berishdi. Ular anatomiya fanining nafaqat tibbiy amaliyotda, balki ilmiy izlanishlar va innovatsion texnologiyalar rivojida tutgan o‘rnini ham ochib ko‘rsatishdi.

Mazkur tadbir talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mustaqil ilmiy izlanishlarga rag‘batlantirish, shuningdek, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Anatomiya faniga bag‘ishlangan bunday tashabbuslar tibbiyot ta’limida sifat va samaradorlikni oshirishga, yosh kadrlarning ilmiy tafakkurini shakllantirishga hamda ularni zamonaviy tibbiy muammolarga ijodiy yondashishga undaydi.

Xulosa qilib aytganda, Butunjahon anatomiya kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu tadbir nafaqat bayramona tusda, balki ilmiy va tarbiyaviy mazmunda ham muhim ahamiyat kasb etdi.