Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Bosh qomusimiz 33 yoshda

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori, professor Akmal Sidikovning
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tabrigi

Aziz yurtdoshlar!
Hurmatli hamkasblar va talabalar!

Sizlarni yurtimiz taraqqiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan muhim sana — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Konstitutsiyamiz — xalqimizning azaliy orzu-intilishlari, mustaqillik va erkinlik yo‘lidagi qat’iy iroda va ijtimoiy birdamlikning yorqin ifodasidir. Asosiy Qonun davlatimiz suvereniteti, jamiyatimiz taraqqiyoti, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini kafolatlaydigan mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda Konstitutsiyada belgilangan tamoyillar mamlakatimizning barcha sohalarida, xususan, sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda zamonaviy tibbiy kadrlar tayyorlash jarayonida izchil o‘z aksini topmoqda.

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ham Asosiy Qonunimizda belgilangan inson salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda. Institut jamoasi zamonaviy tibbiy bilimlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish, ilm-fan yutuqlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish va sohaga yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Konstitutsiyamizning hayotbaxsh ruhi bizni yurt ravnaqi, inson manfaatlarini ustuvor qo‘yish, tibbiyot tizimini takomillashtirish va xalqaro ta’lim maydonida munosib o‘rin egallash sari undab kelmoqda. Institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlik aloqalarining kengayishi va talabalarning zamonaviy kompetensiyalarni egallashi aynan ushbu qonunchilik asosining mustahkamligi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Hurmatli yurtdoshlar!
Ushbu qutlug‘ bayram sizlarga mustahkam sog‘liq, farovonlik, ishlaringizda baraka va yangi marra va yutuqlar tilayman. Asosiy Qonunimizning insonparvar g‘oyalari barchamizni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida yanada fidoyilik bilan xizmat qilishga undasin.

Hurmat bilan,
A.Sidikov
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori, professor.