Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Bitiruvchi-2024

Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti bitiruvchilarning bitiruv marosimi o’tkazildi. Oliygohimizda tibbiyot bo’yicha malakali kadrlarni tayyorlash, talabalarga sifatli tibbiy ta’lim berish orqali ularni malakaviy jihatdan ham qo’llab-quvvatlash muhim vazifalardan biri etib belgilangan. Shuningdek, dunyo reytinglaridan munosib o’rin egallagan institutimizda jahon andozalariga muvofiq bilim hamda amaliy ko’nikmalar berib kelinmoqda. Davolash ish hamda Pediatriya fakultetlarida tahsil olgan va bugungi bitiruv marosimida yuraklari bir olam hayajonga to’lib turgan bitiruvchilarimizning nigohlariga boqar ekansiz, Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida olgan bilimlarini amaliyotga ham keng qo’llashlariga bevosita ishonch hosil qilasiz. 

Joriy yilda Davolash ishi fakultetidan 189 nafar, Pediatriya fakultetidan esa 43 nafar talaba oliygohimizni tamomladi. Bitiruvchilarimiz xalqimiz, el-yurtimiz salomatligi yo’lida sidqidildan xizmat qilishga astoydil bel bog’lab, katta hayot ostonasiga qadam tashladilar. Talabalarimiz oliygohimizda o’tgan 6 yillik umri davomida tibbiyotning muhim sir-asrorlarini o’rgandi, professional ustozlardan tahsil oldi. Bugungi marosimning har bir ishtirokchisi Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti har bir talabasi bilan faxrlanishini va ularni doimo qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanligini his etdi. Bitiruv marosimida institutimiz rektori, Tibbiyot fanlari doktori, professor Akmal Sidikov, prorektorlar, fakultetlarimiz mas’ullari, bitiruvchilarimiz, ularning ota-onalari, OAV vakillari, ko’plab mehmonlar ishtirok etdi. Dastlab, rektor A.Sidikov tantanali marosimni ochib berar ekan, barcha bitiruvchilarning kelgusi rejalariga muvafaqqiyat tiladi, xalqning og’irini yengil qilishga, ularning salomatligini asrab-avaylashga munosib hissa qo’shadigan kadrlar bo’lib yetishganliklariga katta ishonch bildirdi. Shundan so’ng, ta’lim jarayonlarida  ijobiy natijalarga erishgan, namunali bitiruvchilarimizga oliygoh rahbariyatining maxsus tashakkurnomalari taqdim etildi. Talabalarimizning ota-onalari so’z olib, o’z farzandlarini shunday oligohda bilim va tibbiy ko’nikmalar egallaganligi uchun minnatdorchilik izhor etdi, barcha bitiruvchilarga ulkan zafarlar tiladi.