Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@jcpmfjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Besh tashabbus

         Mamlakatimizda yosh avlodni jismonan sog`lom ma`nan yetuk bo`lishlari  va sportni ommaviyligini  ta`minlash maqsadida   Norin Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida   2022 yil 13 aprel kuni  Farg`ona Jamoat Salomatligi tibbiyot instituti bilan hamkorlikda  “Biz sog`lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida  tashkil etilgan  “Voleybol”, “Shaxmat” musobaqalari  bo`lib o`tdi.  Musobaqada Beshariq Abu  Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi, Kosonsoy Abu  Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi,  Marg`ilon Abu  Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi hamda Norin Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamaoat salomatligi texnikumi ishtirok etdilar. Voleybol musobaqasida 1-orinni Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi, 2-o’rinni Marg’ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi,  3-o’rinni Norin Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi, 4-o’rinni Kosonsoy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi egalladilar. Shaxmat musobaqasida 1-o’rinni Marg’ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi, 2-o’rinni Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi, 3-o’rinni Kosonsoy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi, 4-o’rinni Norin Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi oldilar.  Musobaqadan so’ng “Yangi O’zbekistonda erkin va faravon yashaylik” shiori ostida madaniy tadbir bo’lib o’tdi. Madaniy tadbirda Vatanni madh etuvchi kuy va qo’shiqlar tarannum etildi. Shundan so’ng, sport musobaqasida g’olib bo’lgan jamoalar Farg’ona Jamoat salomatligi instituti tomonidan faxriy yorliq hamda estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.