Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@jcpmfjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Ayolarga extirom

 

  Nafosat va go'zallik bayrami 8 - mart xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Farg'ona jamaot salomatligi tibbiyot inistitutida ham tantanali bayram shodiyonasi bo'lib o'tdi. Erta tongda institut jamoasi va talaba qizlar rang-barang gullar va ayollarni tarannum etuvchi dilrabo qo'shiqlar bilan kutib olindi. Shundan so'ng, institut rektori boshchiligida muxtasham tabriklash marosimi boshlandi. Tantanali marosimda aytib o'tilgan tabriklar, ehtiromlar, jamoadagi ayollar ta'rifi va tavsifiga bag'ishlangan eng go'zal tilaklar shuyerga yig'ilgan barcha xotin-qizlar, olimalar va ishchi xodimlarga birdek ko'tarinki kayfiyat va quvonch bag'ishladi. Marosim davomida institutda jonkuyarlik bilan mehnat qilayotgan, institut ilmiy faoliyatiga xissa qo'shib kelayotgan har bir ayolga bahoriy sovg'alar, gullar hadiya qilindi. Bayram shukuhi barchaga birdek xayajon va quvonch ulashdi.