Axborot xati
АXBOROT XАTI
Fargʼona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 2021 yil tadbirlar rejasiga asosan joriy yilning 14 dekabr kuni institutda tashkil qilingan “Аnesteziologlar-reanimatologlar va intensivistlar klubining” dastlabki “Turli xolatlarda birinchi yordam koʼrsatish tamoyillari”ga bagʼishlangan ilmiy - amaliy anjumani oʼtkaziladi.
Ilmiy - amaliy anjumanda ishtirok etish shakllari:
• Maʼruza bilan qatnashishi;
• Tomoshabin shaklida anjumanni kuzatish, anjumanning keyingi sonida ishtirok etish uchun saralanishdan oʼtish
Maʼruza bilan ishtirok etgan qatnashchilarning taqdimotlari toʼplam shaklida chiqariladi.
Taqdimot uchun qoʼyilgan talablar:
Oʼzbek, ingliz, va rus tillarining birida tayyorlangan boʼlishi kerak. Slaydlar soni 15tadan oshmasligi kerak. Xar bir maʼruza uchun vaqt reglament asosida 10 daqiqadan belgilangan. Taqdimot oʼzida kichik xajmli video yoki animatsiyani qamrab olishi mumkin. Ishtirokchi taqdimoti davomida oʼz mavzusiga doir mulyaj yoki biror bir koʼngillida birinchi yordam uchun amaliy yordam koʼrsatishni namoyish qilib berishi kerak. Qatnashchilar oʼz taqdimotlarini ppt. yoki pptx. formatida sh.sh.ahmadaliyev@gmail.com yoki telegramm raqam +998905633006ga 10.12.21 kuniga qadar yuborishlari kerak.
Shoshiling maʼruzachilar soni cheklangan!
Tashkiliy qoʼmita manzili:
Fargʼona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, pediatriya kafedrasi.
Kim uchun: Talabalar, magstrlar, klinik ordinatrlar uchun
Telefonlar: +998905633006,
Elektron manzil: sh.sh.ahmadaliyev@gmail.com