Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Axborot-resurs markazi

Oliy ta’lim muassasamizda zamonaviy Axborot-resurs markazi faoliyat boshladi

Oliy ta’limda raqamli transformatsiya jarayonlari jadallashib borayotgan bir davrda, talabalarning mustaqil bilim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan muhim tashabbus sifatida, oliygohimizda zamonaviy Axborot-resurs markazi (ARM) foydalanishga topshirildi.

Mazkur tadbirda Vrachlarni kasbiy malakasini rivojlantirish markazining Jamoat salomatligi kafedrasi professori Asadov Damin Abdurahimovich, ommaviy axborot vositalari vakillari, talaba-yoshlar hamda institut rahbariyati ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari yangi markazning texnik va metodik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Yangi markaz bugungi kunda oliy tibbiy ta’lim sohasida mavjud bo‘lgan ilg‘or standartlar asosida jihozlangan bo‘lib, u talabalarning mustaqil ta’lim olish, ilmiy izlanishlar olib borish hamda raqamli axborot resurslaridan keng foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. ARM bir vaqtning o‘zida 500 nafardan ortiq talabaga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega.

Markazning ilmiy-axborot salohiyati ayniqsa e’tiborga molik:

  • 30 mingdan ortiq bosma adabiyotlar,

  • 27 mingdan ziyod elektron resurslar,

  • 15 mingta o‘quv adabiyotlari jamlangan.

Bunday resurslar tarkibi tibbiy, biologik, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular ta’limning tarmoqli yo‘nalishlarida chuqur bilim olishga xizmat qiladi.

Shuningdek, ARM institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan to‘liq moliyalashtirilgan bo‘lib, unda zamonaviy interyer dizayniga ega 40 dan ortiq qulay o‘rindiqlar, 30 dona yuqori konfiguratsiyadagi monoblok kompyuterlar mavjud. Ushbu texnik baza talabalar uchun qulay, erkin va samarali ilmiy muhitni ta’minlaydi.

Markazda yaratilgan zamonaviy infratuzilma va raqamli resurslardan foydalanish imkoniyatlari oliygohda tibbiy ta’lim sifatini yuksaltirish, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish va talabalarning axborot-madaniy savodxonligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida institutimizning ilmiy salohiyati va raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.