Aholini ro‘yxatga olish -2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida” Farmoniga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar oʻz tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portalida onlayn roʻyxatdan oʻtishini ta’minlashi belgilangan.
Mazkur talab aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini belgilangan muddatlarda sifatli tashkil etish maqsadida joriy etilgan. Roʻyxatdan oʻtish jarayoni ushbu bosqichda portal orqali (jumladan, OneID tizimi yordamida) amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi.
Ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi:
1 bosqich 15-31-yanvar
17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi.
2 bosqich 4-28-fevral
“Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.
Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi.
Savolnomadagi ma’lumotlar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.
Savolnoma tarkibi
Jami savollar soni: 71 ta
Aholiga oid: 54 ta
Qishloq xo‘jaligiga oid: 17 ta
Tizimni ishlatish bo'yicha qo‘llanma

Русский
English