Aholi salomatligi xizmatida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4-5 fevral kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayoning 93.2 bandida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti klinik kafedralarini tuman (shaxar)larga biriktirish va rotatsiya usulida aholi salomatlik ko‘rsatkichlarini tubdan yaxshilash, jumladan sog‘lom turmush tarzini keng joriy etish, ixtisoslashtirilgan tibbiy ko‘rik va konsultatsiyalarni doimiy ravishda o‘tkazish maqsadida, Farg‘ona viloyati tumanlaridagi Oilaviy poliklinikalar (OP), Qishloq oilaviy poliklinikalari (QOP) va Qishloq vrachlik punktlari (QVP) da institutning malakali oliy toifali shifokorlar tomonidan III-va IV-guruhlarga ajratilgan aholi qatlami chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning 2-kuni So’x tumani Mulgon OSHPsida o’tkazildi. Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori professor A.Sidikov boshchiligidagi malakali tibbiyot mutaxassislari Farg’ona viloyati So'x tumani Soxibkor, G’aznov,Tul hamda Qalacha mahalla fuqarolar yig'inida navbatdagi tibbiy ko'rik ishlarini olib bormoqdalar. Shifokorlarimiz mahalladagi Qishloq vrachlik punktlarida fuqorolarni salomatligini o'rganib bormoqdalar. Biz uchun xar bir inson qadri va salomatligi muhim. Ma'lumot o'rnida, ushbu tibbiy guruhda 15 ga yaqin mutaxassislikdagi oliy toifali shifokorlar aholi salomatligini tiklash hamda hududlarda surunkali davom etuvchi kasallik turlarini o'rganib ularni oldini olish choralarini o'rganmoqdalar.