Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Abiturientlar diqqatiga!!!

2022/2023 o’quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezidentning "Davlat oliy tahlim muassasalariga o’qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to’g’risida"gi qaroriga muvofiq “2022/2023 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy tahlim muassasalariga o’qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to’g’risida”gi Farmoyishi qabul qilindi. Unga ko’ra o’qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari umumiy kvotasi 121 395 nafar etib belgilandi.

BAKALAVRIAT – 110 707 nafar:

kunduzgi ta`lim shakliga – 77 477 nafar;

sirtqi ta`lim shakliga – 26 095 nafar nafar;

kechki ta`lim shakliga – 3 725 nafar;

masofaviy ta`lim shakliga – 3 410 nafar;

MAGISTRATURA – 10 688 nafar.

 Shuningdek, moliyaviy mustaqillik berilgan 36 ta davlat oliy tahlim muassasalari to’lov-kontrakt bo’yicha yana 50 mingdan ortiq qabul parametrlari Kuzatuv kengashlari qarori bilan tasdiqlanishi rejalashtirilgan. Natijada joriy o’quv yilida qabul parametrlari o’tgan yilga nisbatan oshadi.

"Davlat oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to’g’risida"gi qaror qabul qilindi.

 Hujjatga ko’ra 2022/2023 o’quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarida:

o’qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari Prezident farmoyishiga ko’ra tasdiqlanadi;

bakalavriat yo’nalishlari bo’yicha masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi;

magistraturaga qabul abiturientning bakalavriat diplom bali o’rtacha ko’rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo’yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi, mutaxassislik fanidan imtihon o’tkazilmaydi.

Bunda magistraturaga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvarь oylarida tashkil etiladi.

2023/2024 o’quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari faqat davlat granti bo’yicha tasdiqlanadi.

Talabalar o’qishini davlat oliy ta’lim muassasalariga ko’chirish bo’yicha quyidagi tartib joriy etilmoqda:

 Unga ko’ra, davlat oliy ta’lim muassasalariaro talabalar o’qishini ko’chirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:

 talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o’rtog’i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o’qishini ko’chirish uchun murojaat qilganda;

 davlat organlarining xodimlari ish joyi o’zgargan taqdirda uning turmush o’rtog’i yoki voyaga yetmagan farzandi o’qishini ko’chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

Ma’lumot o’rnida, xorijiy mamlakatlar hamda yurtimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy OTM filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o’qishni ko’chirish amaldagi tartibga muvofiq tashkil etiladi.

  Endi oliy ta’lim muassasalariga qabul 20 iyundan boshlanadi  2022/2023 o’quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga abiturient sifatida ro’yxatdan o’tish jarayonlari 2022 yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (joriy kun ham) bo’lib o’tadi. Bunda onlayn ro’yxatdan o’tish: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali; Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali orqali amalga oshiriladi.Chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o’tkaziladigan ta’lim yo’nalishlariga onlayn ro’yxatdan o’tish 10 iyuliga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.