Virtual qabulxona

+99873243-06-62

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Bayramda institutimiz xodimlari ishtirok etib, bahoriy xushkayfiyat zavqini yanada kuchliroq his etdilar. Tantanali marosim sanʼatkorlarning go'zal kuy-qoʻshiqlari hamda raqslarga ulanib ketdi. Bayram dasturi davomida institutimiz xodimalari ajoyib esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Bugun o‘zgacha sho‘x sayrar bulbullar.
Bayram shodligidan yayraydi dillar.
O‘zgacha zavq ela shodon ko‘ngillar.
Bayramingiz muborak aziz ayollar.
Baxtimizga omon bo‘ling ayollar.

Yuzingizdan doim quvonch ketmasin.
Baxoriy kayfiyat hech tark etmasin.
G‘am-tashvish qalbingingiz chertib o‘tmasin.
Hamrohingiz bo‘lsin eng baxtli onlar.
Baxtimizga omon bo‘ling ayollar.

Siz borki fayzlarga to‘ldi bu olam.
Siz ammam, siz onam, biringiz xolam.
Sizlarsiz o‘zingiz yurakda nolam.
Baxtimizga omon bo‘ling ayollar.
Bayramingiz muborak aziz ayollar.

Gohida bilmayin sizni ranjitib.
Dilingiz qo‘ysak gar bizlar og‘ritib.
Ming bor uzr ela hush kalom etib.
Unutaylik bugun, yomon hayollar.
Bayramingiz muborak aziz ayollar.