Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrdagi qarori bilan 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni, deb e’lon qilingan. Ushbu sana butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi va bundan asosiy maqsad aqlan va jismonan nuqsoni bo‘lgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dunyo miqyosida nogironlar hayot tarzini yaxshilashga e’tibor qaratish maqsadida BMT tomonidan 1983-1992 yillar Xalqaro nogironlar o‘n yilligi etib belgilangan edi. Mazkur o‘n yillik yakunida, 1992 yil 14 oktyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida e’tirof etilgan. Shundan buyon har yili mazkur sana doirasida nogironlar duch kelayotgan muammolarni chuqurroq anglash, shunday masalalarni hal etish, ularning qadr-qimmati, huquqini himoyalash, turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar uyushtiriladi, moddiy ko‘mak ajratiladi.

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Fiziologiya kafedrasi va talabalarimiz 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Fargʻonadagi ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari uchun hayriya tadbiri o‘tkazdilar.