Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

3 Dekabr - Xalqaro nogironlar kuni

“Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti mas’ullari, talabalari hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari tomonidan yordamga muhtoj bolajonlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, turli xil rivojlanish nuqsonlari va sog‘liq muammolariga ega bo‘lgan bolalar bilan muloqotlar olib borildi, ularning psixologik holatini ko‘tarishga qaratilgan suhbatlar, o‘yinlar va ijodiy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bolalarga mehr, e’tibor va iliqlik ulashish maqsadida talaba-yoshlar ular bilan birgalikda turli madaniy dasturlar, sahna ko‘rinishlari va qiziqarli musiqiy chiqishlarni namoyish etdilar.

Tadbir davomida bolajonlarga sovg‘alar, o‘quv qurollari, shirinliklar hamda kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan maishiy jihozlar topshirildi. Ushbu tashabbus nafaqat bolalarga quvonch va motivatsiya bag‘ishladi, balki talaba-yoshlarning jamiyat oldidagi ijtimoiy mas’uliyatini yanada chuqurlashtirdi.

Pediatriya fakulteti mas’ullari ta’kidlaganidek, kelajak pediatr va tibbiyot xodimlari uchun nogironligi bo‘lgan bolalarning ehtiyojlarini to‘g‘ri tushunish, ularga nisbatan hurmat va mehr bilan yondashish, inkluziv ta’lim va tibbiy yordam tamoyillarini amalda ko‘rish nihoyatda muhimdir. Ushbu tadbir ana shu yo‘nalishda muhim amaliy maktab bo‘lib xizmat qildi va kelgusida ham bunday ijtimoiy loyihalarni muntazam davom ettirish rejalashtirilgan.