3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
3 dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1992 yilda e’lon qilingan va butun dunyoda keng nishonlanib kelinmoqda. FJSTI Pediatriya kafedrasi o‘qituvchilari va davolash ishi 3 bosqich talabalari bilan birgalikda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi Farg‘ona mintaqaviy filialida tibbiy reabilitatsiyadan o‘tayotgan og‘ir xastalikdan azob chekuvchi, nogironligi bo‘lgan bolajonlar uchun tadbirda ishtirok etishdi. Tadbirda Farg‘ona viloyati Madaniyat markazi xodimlari tomonidan go‘zal kuy-qo‘shiqlar, raqslar bolajonlarimiz va ularning onalarining kayfiyatini ko‘tarib, xushnudlik baxsh etildi. Tadbirni tashkil etishda FJSTI Pediatriya kafedrasi assistentlari talabalari bilan faol ishtirok etishib, bolajonlarga xush kayfiyat taqdim etishdi.
Tadbir so‘ngida bolajonlar uchun kafedra assistentlari tomonidan tayyorlangan sovg‘alar takdim etildi. Pediatriya kafedrasi ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha ma’sul Ismailov B.Z. so‘zga chiqib, vatan ravnaqi, el-yurt osoyishtaligi yo‘lida, shuningdek jamiyatimizning ajralmas qismi bo‘lgan yerdagi "Farishta bolajonlarimiz" uchun etibor va shijoati bardavom bo‘lib, xizmat ko‘rsatayotgan reabilitatsiya xodimlariga minnatdorchilik bildirib, “Sizdek saxovatpesha insonlar ko‘payaversin!-deb ta’kidladi.