Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

21-oktabr — O'zbek tili bayrami kuni

 
O‘zbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989-yil, № 26-28, 453-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. 1989 yilning 21 oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, 2020 yilning 10-aprel kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O'zbek tili bayrami kunini belgilash to'g'risida»gi qonunni imzoladi.

Qonunga asosan, 21-oktyabr O'zbek tili bayrami kuni etib belgilangan. Bugun Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti jamoasi bayram munosabati bilan Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo'yish marosimida ishtirok etdi.