21 oktabr — Oʻzbek tili bayrami
Xalqning, millatning mavjudligi, avvalo, uning o‘z tiliga egaligi bilan belgilanadi. 1989 yil 21 oktyabrda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib, o‘zbek tilining huquqiy maqomi mustahkamlandi. Ona tili – millat tafakkurining bebaho xazinasi, ulkan boyligi sifatida ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etadi. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demakdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, “O‘zbek tili o‘zbek xalqining ma’naviy mulkidir” deya ta’kidlanishi jamoatchilikning g‘ururiga g‘urur qo‘shdi. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti barcha yurtdoshlarimizni bugungi bayram – “O‘zbek tili bayrami” kuni bilan muborakbod etadi!