Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

12 May Xalqaro hamshiralar kuni

Ular har kuni oq xalatda, ammo yuraklari oltindek…
Ular doim shoshilinch, ammo har bir bemorga mehr bilan yondashadi.
Ular soatlab oyoqda, ammo bir og‘riqli so‘zni eshitgan bemorga yupanch bo‘la oladi.

Bugun – inson salomatligi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilayotgan, bemorlar ko‘zidagi umid nurini ko‘ra oladigan, har bir in’eksiyada shifo, har bir tabassumingizda taskin bo‘lgan HAMSHIRALAR kuni!

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Xalqaro hamshiralar kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

2025-yil 12-may kuni Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “Xalqaro hamshiralar kuni” munosabati bilan Epidemiologiya, yuqumli kasalliklar va hamshiralik ishi kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida hamshiralik kasbining tibbiyot tizimidagi o‘rni, uning jamiyat salomatligini ta’minlashdagi ahamiyati va mazkur soha vakillarining fidokorona mehnati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari, badiiy kompozitsiyalar va ijodiy namoyishlar tadbirga o‘ziga xos ruhiy va estetik mazmun bag‘ishladi.

Mazkur tadbir orqali talabalar hamshiralik kasbining insonparvarlik, sabr-toqat va yuksak mas’uliyat kabi fazilatlarni mujassam etgani haqida chuqurroq tasavvurga ega bo‘ldilar.