Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

1 million dollar investitsiya

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti bitta loyiha orqali yiliga 1 million dollardan investitsiya jalb qiladi. Birlashgan Arab Amirliklarining Gulf tibbiyot universiteti jahondagi eng nufuzli TOP-500 oliy o‘quv yurtlari qatoridan joy olgan. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti mazkur muassasa bilan birgalikda “Doctor of medicine” (terapiya) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturini ishga tushirdi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Farg‘onaga tashrif buyurgan Gulf tibbiyot universiteti hamda Tumbay universiteti prezidenti Tumbay Mo‘ydin boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.  

Muloqotda xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlash, ilmiy sohadagi aloqalarni kengaytirish, ta’lim jarayoniga eng so‘nggi innovatsiyalarni joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.Shuningdek, uchrashuvda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori Akmal Sidikov bu hamkorlik yurtimizda tibbiy ta’lim rivoji uchun katta ahamiyatga egaligi hamda ta’lim eksporti orqali 5 yil davomida yiliga qo‘shimcha 1 million dollardan investitsiya jalb qilish imkoniyati yuzaga kelishini qayd etdi. 

Ta’kidlanganidek, mazkur qo‘shma ta’lim dasturi doirasida magistratura bosqichida ta’lim oluvchi talabalar Buyuk Britaniyaning “QualityAssurance Agency” tashkiloti tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkaziladigan xalqaro diplomga ega bo‘ladi. Bu esa ularga dunyo miqyosda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish imkonini beradi. Ta’lim jarayoni ingliz tilidagi zamonaviy o‘quv dasturlari asosida olib boriladi. Binobarin, kelgusida talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yilib, qo‘shma ilmiy loyihalar amalga oshirilishi hamda xalqaro konferensiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi Matbuot xizmati.