1 dekabr - Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni
Har yili 1-dekabr sanasi anʼanaviy ravishda “OITSga qarshi butunjahon kurash kuni” sifatida nishonlanadi. Bu sanada OITS bilan ogʻriganlarni qoʻllab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish boʻyicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratish maqsad qilinadi.
Institutimizning Davolash ishi fakulteti xodimlari va talabalari ham sana munosabati bilan ta'lim muassasamiz professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot tadbirini o‘tkazdilar.
Ma'lumot o'rnida shuni ta'kidlash kerakki: Butun Jahon Sog`liqni Saqlash tashkiloti tomonidan OITS bo`yicha butun dunyoda o`tkazilgan tadqiqotlarga muvofiq: Hozirgi kunda jahon bo`yicha 42 mln. kishi OIV infektsiyasiga chalingan bo`lsa, har yili ularning safiga yana 2 mln. 700 ming nafar kishi qo`shiladi. O`tgan davr mobaynida qariyb 2 mln.ga yaqin odam bu kasallik oqibatida hayotdan ko`z yumdi. Har minutda 11ta odam IITVni o`ziga yuqtirmoqda. Dunyo bo`yicha kasallikni o`ziga yuqtirgan insonlarning yarmidan ko`pini 15 yoshdan 24 yoshgacha bo`lgan yoshlar tashkil etadi, shu jumladan, kasallikni o`ziga yuqtirganlarning yarmi – bu 15 yoshgacha bo`lgan bolalar, buning ustiga ularning ko`pchiligi onasi homiladorlik paytida, tug`ilish va ko`krak bilan boqish paytida virusni yuqtirganlar.
OITS infektsiyasi o`lkamizda ilk bor 1987 yilda aniqlangan. O`sha yili Respublika SPID diagnostika markazi tashkil qilingan. 1988 yilning oxiriga kelib barcha ma`muriy hududlarda SPID diagnostika laboratoriyalari ochilgan. OIV infektsiyasi bilan kasallangan birinchi o`zbekistonlik bemor 1989 yili aniqlangan bo`lsa, keyingi o`n yil davomida bu xastalikka chalingan 76 ta bemor qayd etilgan. Kasallik ko`rsatkichi yildan-yilga ortib borib, oxirgi yillarda infektsiyani yuqtirganlar soni o`rtacha bir yilda uch ming nafarga etdi.
OITS kasalligini yuqtirib olish xavfi bo`yicha aholining ayrim guruhi “xavfli gugruh” ga kiritiladi. Ushbu “xavfli gugruh”ga giyoxvandlar, notanish shaxslar bilan pala partish jinsiy aloqa qiluvchilar, jinsiy aloqa yo`li bilan yuqadigan kasalliklarga chalingan shaxslar kiradi.
Dunyoning ko`pgina davlatlarida OIV/OITS infektsiyasini boshqa shaxslarga yuqtirganlik uchun javobgarlik belgilangan. Ayrim davlatlarda buning uchun og`ir jazo tayinlanadi. Mamlakatimiz Jinoyat kodeksining 113-moddasiga ko`ra, bila turib boshqa shaxsni OIV kasalligi/OITSni yuqtirish xavfi ostida qoldirgan yoki unga OIV kasalligi/OITSni yuqtirgan shaxs besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Kasallik qanday yuqadi?
- Jinsiy aloqa yo`li orqali ayoldan erkakga yoki erkakdan ayolga yuqadi.
- Parental yo`l orqal, ya`ni virus bilan zararlangan qon va qon mahsulotlari quyilganda, nosteril shpritslar va tibbiy asbob uskunalardan foydalanilganda yuqishi mumkin.
- Vertikal yo`l orqali, ya`ni OITS virusini tashuvchi onadan homilaga yoki chaqaloqqa tug`ruq jarayonida va tug`ilgandan so`ng ona suti orqali yuqishi mumkin.
Hozirgi davrda OITS kasalligi bilan kasallangan bemorlarni butunlay tuzalish imkoniyati yo`qligi sababli davolashning maqsadi bemorning umrini uzaytirishga va uning xayot kechirishini yaxshilashga qaratilgan bo`lishi lozish.