Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@jcpmfjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

USMLE kafedrasi

Bosh sahifa

USMLE kafedrasi

USMLE kafedrasi

Farg‘ona jamoat saloamtligi tibbiyot instituti USMLE kafedrasi

Amerika Qo'shma Shtatlari Tibbiyot Litsenziyalash Imtihoni (USMLE) Amerika tibbiyot maktablarining barcha bitiruvchilari hamda xalqaro tibbiyot maktablarining barcha bitiruvchilari tomonidan Qo'shma Shtatlarda tibbiy litsenziya olish uchun zarur bo'lgan ko'p bosqichli baholashdir. Farg‘ona jamoat saloamatligi  tibbiyot instituti rektorining ruxsati bilan 2022-yil sentabr oyida USMLE yo`nalishi ishga tushirilgan, 1-bosqichga 470 nafarga yaqin talaba tayyorlanmoqda.USMLE imtihonining asosiy fanlari:

Anatomiya
Fiziologiya
Embriologiya
Neyroanatomiya
Mikrobiologiya
Patologiya
Biokimyo

Imtixonlar uch bosqichdan iborat.

1-Bosqich: Tibbiyot maktabining dastlabki ikki yilida olingan asosiy tibbiyot fanini baholaydi.
2-Bosqich: Ariza beruvchining klinik tibbiyot bo'yicha bilimini baholaydi.
3-Bosqich: Bemorni boshqarishda klinik bilimlarni qo'llashni baholaydi.
Hozirgi kunda USMLE bo'limida bitta kafedra mudiri va o'n nafar o'qituvchi mavjud.

Kafedra mudiri: Doktor Junaid Ali Shoh (PhD) – Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “USAMLE” kafedrasi mudiri. 1990-yil 5-fevralda Pokistonning Xayber-Puktunxva viloyati, Mardan tumanida tug‘ilgan. 2020 yilda Xitoyning Chanchun shahridagi Jilin universitetining Hayot fanlari, mikrobiologiya va molekulyar biologiya kollejini tamomlagan. Doktor Junaid tadqiqoti xromatinni qayta qurish kompleksiga qaratilgan mikroRNKga qaratilgan. MiRNK-371-373 klasteri, uning INO80 xromatinni qayta qurish kompleksiga yo'naltirish orqali turli genlarni qanday boshqarishi o'simta hosil bo'lishiga olib kelishi haqida ilmiy ish faoliyatini olib bormoqda. Doktor Junaidning nufuzli jurnallarda chop etilgan 15 dan ortiq ilmiy maqolalari bor, jumladan Scopus indeksi, jami impakt faktorli 30 dan ortiq  milliy va xalqaro jurnallarda maqolalar chop ettirgan, bundan tashqari, u Amerika Mikrobiologiya Jamiyati va Amerika Hujayra biologiyasi va Genetika muhandisligi jamiyati a'zosi. 2021-yildan buyon Farg‘ona jamoat salomatligi tibbityot institutida dastlab Xorijiy bo‘lim mudiri, hozirda “USAMLE” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

E-mail:  junaid9988@fjsti.uz
E-mail:  junaidalishah9988@gmail.com 
E-mail:  Junaid1316@mails.jlu.edu.cn 
Phone number:  +998-99-225-4120
Phone number:+998-99-225-4120
Suyarov Shoxrux Murodil o’g’li – USMLE kaferdasi stajor-o’qituvchisi. 1995-yil 22-fevralda Farg’ona vilovati, Quva shahrida tug’ilgan. 2015-2021-yillarda Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabasi bo’lgan. 2021-yilda Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Terapiya yo’nalishi magistraturasiga kirgan. Hozirda ushbu yo’nalish magistranti. 2021-yilda Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Fundamental tibbiyot kursi stajor-o’qituvchisi, 2022-yilda USMLE kafedrasi stajor-o’qituvchisi bo’lib ishlab kelmoqda.
 

Gulomov Qahhorali Qodirali  O'g'li– USMLE kaferdasi assistenti. 1993-yilda Farg’ona vilovati, Oltiariq tumanida tug’ilgan. 2014-2020-yillarda Andijon Davlat Tibbiyot Instituti talabasi bo’lgan. 2020-2022-yillarda Toshkent Vrachlar Malaka Oshirish Instituti Ordenatura bolalar nevralogya yonalishini tamomlagan. 2022-yildan USMLE kafedrasida kafedra assistenti bo’lib ishlab kelmoqda. Hozirgacha Poliklinikada UASH Pedyatir , Tez tibbiy bolimlarda va Bolalar nevralogyasida ish faolyat olib borgan.

Eminov Ravshanjon Ikromjon O’g’li – USMLE kaferdasi assistenti. 1994-yilda Farg’ona vilovati, Farg’ona tumanida tug’ilgan. 2013-2019-yillarda Andijon Davlat Tibbiyot Instituti talabasi bo’lgan. 2019-2022-yillarda Andijon Davlat Tibbiyot Instituti magistranti bo’lgan. 2022-yildan USMLE kafedrasida kafedra assistenti bo’lib ishlab kelmoqda. 8 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. 

Umurzakoov Jamshidbebek Jamolitdin O'g'li – USMLE kaferdasi assistenti. 1994-yilda Farg’ona vilovati, Farg’ona shaxrida tug’ilgan. 2015-2021-yillarda Andijon Davlat tibbiyot instituti talabasi bo’lgan. 2021-x/v Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institute “Urologiya” yo’nalishi magistri 2022-yildan USMLE kafedrasida kafedra assistenti bo’lib ishlab kelmoqda.