Virtual qabulxona

Telefon

(0373) 243-06-62

Elektron pochta

fmioz@mail.ru, fermedinuz@gmail.com

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Ovqatlanish, bolalar va o`smirlar gigenasi kafedrasi

Bosh sahifa

Ovqatlanish, bolalar va o`smirlar gigenasi kafedrasi

Ovqatlanish, bolalar va o`smirlar gigenasi kafedrasi

 

“Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi”

kafedrasi

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektorining 2020-yil 20-avgustdagi 201-k sonli buyrug‘iga binoan “Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi” kafedrasi tashkil etildi va kafedra mudiri etib PhD Ashurova Muqaddas Djaloldinovna tayinlandi. 

    Kafedra quyidagi fanlar bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tiladi:

Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishi talabalari uchun 

  1. Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi;
  2. Ovqatlanish gigiyenasi;
  3. Mutaxassislikka kirish.

Davolash ishi yo‘nalishi talabalari uchun   

1.Sog‘lom ovqatlanish va nutritsiologiya asoslari;

 

Ashurova Mukadas Djaloldinovna –  PhD, Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi kafedrasi mudiri.

             1975-yilda Farg‘ona shaharda tug‘ilgan. 1998-yil Toshkent Davlat 2-tibbiyot instituti Farg‘ona filialini tamomlagan. 2000-yil 2-Toshkent Davlat tibbiyot institutiga «Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi” fanidan kafedra assistenti lavozimlarida ishlagan.

         2020-dan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti «Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi” kafedrasi mudiri lavozimida va Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti xuzuridagi PhD. 04/30.09.2020.Tib.122.01. raqamli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar kotibi sifatida ishlab kelmoqda.

2018-yilda mustaqil tadqiqotchi sifatida Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan «Совершенствование методики гигиенической оценки условий детских домов «Мехрибонлик»» mavzusidagi ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

M.Ashurova 45 dan ortiq maqola, 30 dan ortiq tezis va 15 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar, 2 ta Sanitariya me’yor va qoida muallifidir.

Qabul vaqtlari: Seshanba-13 00 -1700,  Payshanba-13 00 -1700

         Elektron manzil:  muqadasahurova@gmail.com

         Telefon raqam: 939838000

 

Ruzmatova Xiloloy Kabilovna - Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi kafedrasi assistenti.

         1990-yilda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida  tug‘ilgan. 2015-yili Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialining “Tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishini, 2017-yilda mazkur institutning klinik ordinatura mutaxassisligini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2017-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialining “Gigiyena va JSS” kafedrasi assistenti lavozimidan boshlagan. 2020-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi” kafedrasi assistent lavozimida ishlab kelmoqda.

         X. Ruzmatova Ovqatlanish gigiyenasi fanidan ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 40 dan ortiq maqola va tezislar chop ettirgan.

 

 

 

Saydullayeva Kamila Mirshodovna- Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi kafedrasi assistenti.

         1991-yilda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2015-yili Toshkent tibbiyot akademiyasida Farg‘ona filialining “Tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishini, 2020-yilda mazkur institutning klinik ordinatura mutaxassisligini tamomlagan.

             Mehnat faoliyatini 2016-yildan Farg‘ona shaxar 1-sonli Tibbiyot kelleji Tibbiyot prifilaktikasi ishi kafedrasida o‘qituvchi lavozimidan boshlagan. 2020-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi” kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.

             K. Saydullayeva Bolalar va o’smirlar gigiyenasi fanidan ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 20 dan ortiq maqola va tezislar chop ettirgan.

 

 

 

Teshaboyev Umidjon Abdukarimovich - Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi kafedrasi assistenti.

1978-yilda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tug‘ilgan. 2002-yili Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialining “Tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishini tamomlagan. 2020 yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti klinik ordinatori.

2002-2004-yillari Marg‘ilon shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi vrachi, 2007-2008-yillari  Toshkent tibbiyot akademiyasi Faog‘ona filiali assistenti, 2008-2020-yillari Farg‘ona tibbiyot kolleji o‘qituvchisi lavozimlarida ishlagan. 2020-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi” kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.

U.Teshaboyev Ovqatlanish gigiyenasi fanidan ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 24 dan ortiq maqola va tezislar chop ettirgan.

 

 

Maxamatov Umidjon Shoirjonovich - Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi kafedrasi assistenti.

             1986-yilda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2013-yili Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialining “Tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishini  tamomlagan. 2020 yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti klinik ordinatori.

             2013-yil Farg‘ona tumani DSENMda zaxarli kimyoviy moddalar bo‘limi vrachi, 2013-2020-yillari Farg‘ona tibbiyot kolleji o‘qituvchisi lavozimlarida ishlagan. 2020-yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi” kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.

             U.Maxamatov bolalar va o‘smirlar gigiyenasi fanidan ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 24 dan ortiq maqola va tezislar chop ettirgan.