Normal anatomiya OJ va topografik anatomiya kafedrasi
“Jarrohlik kasalliklari va patologiya asoslari” kafedrasining tarixi mazkur oliy o‘quv yurtining tashkil topishi va yuksalish bosqichlari bilan bevosita bog‘liqdir. Tibbiyot Markazida dastlab Ijtimoiy-gumanitar fanlar va Umumtibbiy fanlar” kafedralari mavjud bo‘lib, keyinchalik 1994 yilda Jarrohlik kasalliklari” kafedrasi tashkil etilgan. 1994-1996 yillar davomida kafedraga tibbiyot fanlari doktori, professor O.S.Siddiqov mudirlik qildi. Shu yillar davomida kafedrada tibbiyot fanlari nomzodi B.B.Mirzayev (1992-1996 y.), tibbiyot fanlari nomzodi N.I.Maxmudov (1992-1996 y.), tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent A.A.Abdulxasanov (1992-1996 y.), tibbiyot fanlari nomzodi I.K.To‘ychiyev (1993-1996 y.) faoliyat yuritishgan.
Fattaxov Nusratullo Hamidullaevich – Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Operativ jarroxlik va topografik anatomiya” kafedrasi mudiri. 1958 yilda Farg’ona viloyati Marg’ilon shaxrida tug’ilgan. 1977-1983 yillarda Andijon Davlat Tibbiyot instituti bakalavri, 1983-1984 yillarda Jarroxlik yo’nalishi bo’yicha internatura kursini tugatgan. 1984-1988 yillarda Marg’ilon shaxar VME bo’limida xirurg ekspert bo’lib ishlagan. 1988-1992 yillarda Leningrad LIUVEK oliygoxida aspirantura yo’nalishini tugatgan. 1992-yilda Xarbiy Tibbiy Akademiyada “Oyoq va qo’llardagi o’tkir sovuq urishi jaroxatidan keyingi yuzaga keluvchi kechki asoratlar va ularni tibbiy mexnatga layoqatlilik ekspertizasi” nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1993-1997 yillarda FNQIZga qarashli tibbiy shifoxonada jarrox bo’lib faoliyat yuritgan. 1997-2005 yillarda Farg’ona viloyati IIBga qarashli poliklinikada jarroh ekspert lavozimida ishlagan. 2005-2008 yillarda IIV Akademiyasida avval o’qituvchi, so’ng Tibbiyot bo`limi boshlig’i lavozimida faoliyat yuritgan. 2008-yildan xarbiy nafaqaga chiqgan. 2020-2021 yillarda TTAFFda Anatomiya kafedrasida katta o’qituvchi bo’lib ishlagan. 2021-yil sentyabr oyidan FJSTI OXTA kafedrasida kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda Ish faoliyati davomida 2 ta o’quv qullanma, 2 ta monografiya, 7 ta o’quv uslubiy qullanma, 26 ta ilmiy maqola muallifi. 2022 yil ilmiy yuto’qlarini inobatga olinib dotsent ilmiy unvoni berildi. Xozirgi kunda “Gipertenziya profilaktikasida terapevtik samaradorlikni oshirish uchun ovqatlanish va girudoterapiyaning sinergiyasi xususiyatlarini o’rganish” doktorlik dissertatsiya (Dsc) mavzusi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Abdulxakimov Arsen Renatovich 2021 yildan kafedra assistenti 14.08.1987 yilda Farg’ona viloyati Rishton tumanida tug’ilgan. 2006-2013 yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti pediatriya fakulьteti bakalavri, 2013-2016 yil Andijon davlat tibbiyot instituti magistranti. 2016-2021 yillar Farg’ona shaxar tibbiyot birlashmasi Markaziy ko’p tarmoqli poliklinikasi bolalar bo’limi vrach, bolalar jarohi. 2021 yilda Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Operativ Jarroxlik va topografik anatomiya kafedrasi assistenti lavozimida ish boshlagan. Abdulxakimov A.R. 60 dan ortiq ilmiy maqolalar xorijiy va maxaliy jurnallar, ilmiy anjuman to’plamlarida chop etilgan. SHu jumladan 1 ta monografiya, 6 ta o’quv uslubiy qo’llanma va 1 ta o’quv qullanmaga xammualiflik qilgan.
Isroilov Muxammadsodiq Solievich 11.03.1971 yilda Farg’ona viloyati Rishton tumani tug’ilgan 1988-1994 yil Toshkent Pediatriya meditsina instituti talabasi, 1994-1995 yil VBSH da internatura 1995-2020 yil VBKTTM da vrach ordinator 2020 Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Operativ Jarroxlik va topografik anatomiya kafedrasi assistenti lavozimida ish boshlagan. 2022 yil Phd ilmiy darajaga ega bo’lgan. Isroilov M 10 dan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy jurnallar va ilmiy anjuman to’plamlarida chop etilgan. Isroilov M. bir qancha o’quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlab, ulardan talabalar doimo unumli foydalanib kelmoqda.