Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@jcpmfjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Endokrinologiya va Gematologiya kafedrasi

Bosh sahifa

Endokrinologiya va Gematologiya kafedrasi

Endokrinologiya va Gematologiya kafedrasi

Endokrinologiya va Gematologiya kafedrasi

“Endokrinologiya va Gematologiya” kafedrasi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 2022 yil 30 avgust №1-sonli buyrug‘i bilan tashkil topgan. Kafedrada «Endokrinologiya », «Gematologiya» klinik ordinatura (rezidentura) yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxasislari tayorlanmoqda.

 Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:

Kafedrada Bakalavriat va ordinatura yo`nalishlari uchun  quyidagi fanlar o‘qitiladi: 

  1. «Endokrinologiya»
  2. «Gematologiya»

 Xalqaro qo‘shma fakultet bakalavriyat ta’limi bo‘yicha, Davolash ishi, xalq tabobati  yo‘nalishlariga:

1.«Endokrinologiya»  2.«Gematologiya» fanidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.

Karimova Muqimaxon Muhamadsodiqovna – tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori, PhD, oliy toifali vrach endokrinolog. Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Endokrinologiya va Gematologiya kafedrasi mudiri.1971 yil Farg’ona viloyati Marg’ilon shaxrida tug’ilgan. 1994 yil Andijon davlat tibbiyot instituti davolash fakultetini tamomlagan. Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi vrach endokrinolog. 1994-1995 yillarda marg’ilon shahar birlashgan tibbiyot markazida internatura o’tagan. 1995-2000 yillarda marg’ilon shaxar 1-chi oilaviy shifoatxonasida vrach terapevt lavozimida ishlagan. 2000-2020 yillarda Farg’ona viloyat endokrinologiya dispanserida vrach endokrinolog lavozimida ishlagan. 2021 yil “Tugunli, aralash va koʼp tugunli buqoq kasalligini yod tanqisligi sharoitida kechish xususiyatlari” mavzusida tibbiyot fanlari boʼyicha falsafa doktori dissertatsiya ishini ximoya qilgan. Qator Xalqaro va Respublika ilmiy – amaliy anjumanlar qatnashchisi. U 30 dan ortiq ilmiy maqolalar, shu jumladan 1 ta monografiya, 3 ta uslubiy qoʼllanma muallifi.

Akbarova Ra’no Kamolovna 1963-yil Qirg’iziston respublikasi Osh viloyati Novqat qishlog’ida tug’ilgan. 1986-yil Andijon davlat tibbiyot institute davolash fakultetini tamomlagan. Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi vrach gematolog. 1987-1988 yillarda Farg’ona shaxar birlashgan tibbiyot markazida internatura o’tagan. 1988-1995 yillarda Farg’ona shaxar 1-chi oilaviy shifoatxonasida vrach terapevt lavozimida ishlagan. 1996-2019 yillarda Farg’ona shaxar 2-sinli shifoxonasida gematolog vrach lavozimida ishlagan. 2019-yildan  FJSTI 1-son ichki kasalliklar kafedrasida assistant lavozimida ishlagan. 2022-yil sentyabr oyidan buyon Endokrinologiya va Gematologiya kafedrasida assistant lavozimida ishlab kelmoqda. R.K.Akbarova 2ta tezis, 2 ta ilmiy maqolaning muallifidir. Hozirgi kunda “Surinkali kasalligi bor bemorlarda kamqonlik kasalligini kechish xususiyatlari va davolashni optimallashtirish” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. 

Nizamova Zulfira Abdullajanovna 1969-yil Qirg’iziston respublikasi Osh viloyati Uchqo’rg’on qishlog’ida tug’ilgan. 1992-yil Qirg’iziston davlat tibbiyot oliygohini davolash fakultetini tamomlagan. Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi vrach endokrinolog. 1992-1993 yillarda Osh viloyati qizilqiya markaziy shifoxonasida internatura o’tagan. 1993-2020 yillarda Farg’ona shaxar 3-chi oilaviy shifoatxonasida vrach endokrinolog lavozimida ishlagan. 2020-yildan  FJSTI 1-son ichki kasalliklar kafedrasida assistant lavozimida ishlagan. 2022-yil sentyabr oyidan buyon Endokrinologiya va Gematologiya kafedrasida assistant lavozimida ishlab kelmoqda.Z.A.Nizamova 2ta tezis, 2 ta ilmiy maqolaning muallifidir. Hozirgi kunda “Farg’ona viloyatida yashovchi o’smir bolalarda yod tanqisligi kasalliklarini kechish xususiyatlari” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. 

Muhammadsodiqov Muhammadrasul Masrurjon og’li   Kafedra assistenti, vrach-endokrinolog  1995 yilda Farg’ona viloyati Marg’ilon shaxrida tug’ilgan. 2014 yilda Andijon Davlat Tibbiyoti institutiga o‘qishga kirib, 2020 yili pediatriya fakulteti bakalavr bosqichini tamomladi. 2020-2022 yili Andijon Davlat Tibbiyot Instituti endokrinologiya mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturani tamomladi. 2022 yili Farg‘ona viloyati marg’ilon shaxar 2-oilaviy poliklinikaga ishga qabul qilindi. 2022 yili Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot institutiga assistent lavozimida ishga qabul qilindi. 2023 yili Akademik Ya X Turaqulov nomidagi RIEIATM Farg’ona filialiga ishga qabul qilindi. M.M.Muhammadsodiqov 2ta tezis, 4 ta ilmiy maqolaning muallifidir. Hozirgi kunda “Farg’ona viloyatida yashovchi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda yod tanqisligi kasalliklarini kechish xususiyatlari” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. 

Ahunbayev Otabek Adilovich- Kafedra assistenti, vrach- hirurg-endokrinolog  1985 yilda Farg’ona viloyati Marg’ilon shaxrida tug’ilgan. 2003 yilda 1-ToshMIga o‘qishga kirib, 2010 yili davolash fakulteti bakalavr bosqichini tamomladi. 2012-2018 yili RSHTYOIM va TashVMOI da endokrinologiya mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturani tamomladi. 2014 yili Farg‘ona viloyati RSHTYOIM ishga qabul qilindi. 2021 yili Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot institutiga assistent lavozimida ishga qabul qilindi. A.O. Ahunbayev 6ta tezis, 4 ta ilmiy maqolaning muallifidir. Hozirgi kunda “Пути эффективного контроля, лечения и профилактики анемии при сердечной недостаточности в условиях Ферганской долины” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.