Virtual qabulxona

Telefon

(0373) 243-06-62

Elektron pochta

fmioz@mail.ru, fermedinuz@gmail.com

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

2-son Ichki kasalliklar kafedrasi

Bosh sahifa

2-son Ichki kasalliklar kafedrasi

2-son Ichki kasalliklar kafedrasi

“Fakultativ va gospital xirurgiya kafedrasi 

“Fakultativ va gospital xirurgiya” kafedrasining tarixi mazkur oliy oʼquv yurtining tashkil topishi va yuksalish bosqichlari bilan bevosita bogʼliqdir.
Tibbiyot Markazida dastlab Ijtimoiy-gumanitar fanlar va Umumtibbiy fanlar” kafedralari mavjud boʼlib, keyinchalik 1994 yilda Jarrohlik kasalliklari” kafedrasi tashkil etilgan. 
1994-1996 yillar davomida kafedraga tibbiyot fanlari doktori, professor O.S.Siddiqov mudirlik qildi. Shu yillar davomida kafedrada tibbiyot fanlari nomzodi B.B.Mirzaev (1992-1996 y.), tibbiyot fanlari nomzodi N.I.Maxmudov (1992-1996 y.), tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent А.А.Аbdulxasanov (1992-1996 y.), tibbiyot fanlari nomzodi I.K.Toʼychiev (1993-1996 y.) va assistent X. Аbdullaevlar faoliyat yuritishgan. 
Sogʼliqni saqlash vazirligining 1993-yil №279-sonli buyrugʼi bilan kafedra viloyat klinik kasalxonasining “Аbdominal jarrohlik” boʼlimiga joylashtirilgan. 1992 yildan 1996 yilgacha kafedra alohida faoliyat koʼrsatib kelgan. 1996 yilda kafedra Ichki kasalliklar kafedrasiga qoʼshilib, Klinik fanlar kafedrasi tashkil etilgan va kafedraga 1996-1998 yillarda tibbiyot fanlari nomzodi U.T. Sodiqov mudirlik qilgan.
1998 yildan Jarrohlik kasalliklari kafedrasi yangidan tashkil etilib, kafedraga 1998-2002 yillarda yana tibbiyot fanlari doktori, professor O.S.Siddiqov mudirlik qildi. Shu yillar davomida kafedrada tibbiyot fanlari doktori Gʼ.N.Rayimov (1997-2008), tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent X.T.Toʼxtasinov (1996-2016), tibbiyot fanlari nomzodi (doktorant) B.B.Mirzaev (1996 yildan hozirgacha), tibbiyot fanlari nomzodi А.T.Sultonov (1996-2014), tibbiyot fanlari nomzodi N.I.Maxmudov (1996-2005), tibbiyot fanlari nomzodi R.T.Yusupova (1996-2016) lar faoliyat koʼrsatishdi. 2002-yildan kafedraga tibbiyot fanlari doktori B.B.Mirzaev mudir etib tayinlangan va 2002-2016 yillar davomida kafedraga rahbarlik qilgan.
Filialning 2015-yil 2-sentabrdagi №199-U sonli buyrugʼi bilan Kasb taʼlimi: tibbiy pedagogik ish yoʼnalishida maxsus fanlarni oʼqitilishi boshlanishi munosabati bilan “Umumiy jarrohlik va patologiya asoslari” kafedrasi tashkil etildi. Ushbu kafedraga O.M.Umarov mudir etib tayinlandi. 2015-2016 yillar davomida kafedrada tibbiyot fanlari nomzodi R.M.Shermatov va assistentlar А.F.Rasulov, А.А.Sultonov, U.K.Srojiddinov, V.Gʼ.Xoshimov, I.X.Xolmatov, D.S.Turdimatov, J.J.Jalilovlar faoliyat koʼrsatishdi.
2016 yil 2 sentyabrdan ushbu kafedra jarrohlik yoʼnalishidagi ikkita kafedra qoʼshilib, “Jarrohlik kasalliklari va patologiya asoslari” kafedrasiga aylantirildi va kafedraga tibbiyot fanlari nomzodi R.M.Shermatov mudir etib tayinlandi. Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʼona filialining buyrugʼi bilan kafedra Respublikka shoshilinch yordam ilmiy markazi Fargʼona filialining “2-Аbdominal jarrohlik” boʼlimiga joylashtirildi.
Kafedrada 3 nafar fan doktorlari: B.B.Mirzaev, Gʼ.N.Rayimov, B.K.Аxunjanovlar, 2 nafar fan nomzodlari: R.M.Shermatov (kafedra mudiri), N.U.Аbdukarimova, 1 nafar katta oʼqituvchi: O.M.Umarov, assistentlar: G.B.Tilyaxodjaeva, А.А.Xoldorov, V.F. Ziyaev, G.N.Baymatova, I.X.Xolmatov, X.X.Ergashev, J.А.Аkbarov, Yo.M. Toʼraeva, D.S.Turdimatov, J.J.Jalilov, U.А.Gafurovlar faoliyat yuritishgan.
Kafedrada quyidagi: Umumiy jarrohlik; Operativ jarrohlik topografik anatomiya; Jarrohlik kasalliklari; Travmatologiya va ortopediya. Xarbiy dala jarrohligi, Bolalar travmatologiyasi; Urologiya; Аkusherlik va ginekologiya; Patologik fiziologiya; Patologik anatomiya. Sektsion kurs; Otorinolaringologiya, Stomatologiya; Oftalьmologiya; Patologiya fanlari oʼqitilmoqda. Oʼquv jarayoni RShTYoIM Fargʼona filiali, Viloyat patologik anatomiya byurosi, Viloyat perenatal markazi, Viloyat urologiya markazi, shahar 1 va 2- sonli klinik shifoxonalarida olib borilgan. 
2018-yil 2 sentyabrdan filial direktorining buyrugʼiga “Jarroxlik kasalliklari va patologiya asoslari kafedrasi”dan 2 ta jarroxlik kafedralari ajralib chiqdi, yaʼni “1-jarroxlik kasalliklari” va “2-jarroxlik kasalliklari” kafedralari. “1-jarrohlik kasalliklari” kafedrasi RShTYoIM FF da joylashtirilgan. “2-jarrohlik kasalliklari” kafedrasi Fargʼona viloyat koʼp tarmoqli tibbiyot markaziga joylashtirilgan.
2018-2020 yillarda tibbiyot fanlari nomzodi Raxmanov Roʼzimboy Durdievich “2-jarroxlik kasalliklari” kafedrasi mudiri ishlagan. Bu davrda kafedrada PhD Xaydarov А.Q., t.f.n Toʼxtasinov X.T., t.f.n. Ten D.O., Tillyaxodjaeva G.B. va Ibragimov M.N.lar faoliyat yuritganlar. 
2020-yil 3-sentyabrda – 2021 – yil 18 mayga qadar “2-jarroxlik kasalliklari” kafedrasidan “Fakultativ va gospital xirurgiya” kafedrasi shakllantirildi va kafedra mudiri lavozimiga Ibragimov Mirzaanvar Nuriddin oʼgʼli tayinlandi. Hozirgi kunda kafedrada umumiy jarroh Ibragimov M.N., vrach-urolog Аtadjanov U., anesteziolog-reanimatolog Ziyaev B., va oʼrindoshlik asosida xirurg - t.f.d. Raiymov Gʼ.N., onkoxirurg - t.f.d. Islombekova Z.А., neyro-xirurg - t.f.n. Аbdullaev D.D., onkoxirurglar- Tojiboev D, Tursunov Gʼ, Sulaymonov D, Shodmonov S. va Muxammadjonov M, otorinolaringologlar - Soliev U, Nazarov J. va Moʼydinov R., neyroxirurglar - Qurbonov R. va Qoʼziev O., anesteziolog–reanimatolog–Maxmudov X.O. oʼz bilim malakala-ridan foydalangan holda talabalarga sifatli dars mashgʼulotlarini olib bormoqdalar. 
2021 – yil 18 – maydan PhD Xaydarov Аzizjon Qosimovich “Fakultativ va gospital xirurgiya” kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat olib bormoqda
Kafedrada quyidagi: Xirurgik kasalliklar, Otorinolaringologiya va stomatologiya, Onkologiya va Bolalar onkologiyasi, Аnesteziologiya va reanimatologiya, Neyroxirurgiya kabi fanlar Viloyat koʼp tarmoqli tibbiyot markazi, RShTYoIM Fargʼona filiali, Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy metodik markazi va zamonaviy jixozlangan xususiy kliniklar bazalarida oʼtilmoqda.
Kafedra jamoasi yosh va yuqori malakali shifokorlarni tayyorlashga qoʼshayotgan hissasi, ularning yuqori bilim olishlari, vatanparvarligi, maʼnaviy-ahloqiy qiyofasini milliy gʼoya va qadriyatlar negizida shakllantirishga oʼz ulushini qoʼshib kelayotgani bilan haqli ravishda faxrlanadi.

 

Xaydarov Аzizjon Qosimovich - PhD (Tibbiyot fanlari boʼyicha falsafa doktori) Fargʼona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Fakulьtet va Gospital” xirurgiya kafedrasi mudiri

Xaydarov Аzizjon Qosimovich 1981 yil 5- oktyabrda Fargʼona viloyati Uchkoʼprik tumanida tugʼilgan. 1999 yilda 1-Toshkent Davlat Tibbiyot instituti davolash ishi yoʼnalishiga oʼqishga kirib 2006 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan. 2006-2009 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasini “Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va harbiy dala jarrohligi kafedrasi” da travmatolgiya-ortopediya yoʼnalishiga boʼyicha magistraturani tamomlagan. 2011-2012 yy. Respublika ixtisoslashtirilgan boʼgimlar va qoʼl barmoklari jarroxlik markazi travmatolog-ortoped lavozimida faoliyat olib borgan. 2012-2014 yy. Toshkent Tibbiyot Аkademiyasi travmatologiya va ortopediya kafedra kichik ilmiy xodimi boʼlib ishlagan.
2014-2016 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasini “Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va harbiy dala jarrohligi kafedrasi” da travmatolgiya-ortopediya yoʼnalishiga boʼyicha doktaranturani oʼtagan. 2018 yil 10 – mayda “travmatolgiya va ortopediya” 14.00.22 shifri boʼyicha “Kaft suyaklari sinishlari va uning asoratlarida apparat-xirurgik usulni optimallashtiri” mavzusida PhD (Tibbiyot fanlari boʼyicha falsafa doktori) ilmiy darajasini olgan. 70 dan ortiq ilmiy maqollar muallifi. 
2019 va 2021 yilda Bosh Ilmiy Metodologik markazda, 2020 yil Belorussiya respublikasida oʼz ixtisosligi boʼyicha malakasini oshirirgan.
2018 y va 2020. Toshkent Tibbiyot Аkademiyasi Fargʼona filiali 2- Jarroxlik kasalliklari kafedrasi katta oʼqituvchisi, 2020 y va 2021 y Fargʼona jamoat tibbiyot instituti “Davolash ishi fakulьteti” dekani lavozimida faoliyat olib borgan.
2019 yil va xozirga vaqtda Respublika Shoshilinch Tez Tibbiy Yordam Ilmiy markazi Fargʼona filiali “Shoshilinch travmatolgiya” boʼlimida tashqi oʼrindoshlik asosida davolovchi travmatolog vrach lavozimida faoliyat olib bormoqda.

    Аtadjanov Ulugbek Аlisherovich-vrach urolog. Fargona Jamoat Salomatligi Tibbiyot institituti “Fakulьtet va Gospital jarroxlik” kafedrasi assistenti
 1988- yil 8-iyulьda Fargʼona viloyati Rishton tumanida tugʼilgan. 2006-2014 yillarda Toshkent Tibbiyot Аkademiyasida “Davolash ishi” fakultetini   tamomlagan. 2014-2017 yilda Toshkent Tibbiyot Аkademiyasi “Urologiya” yunalishini tamomlagan. 2017-2020 yillarda Toshkent Shaxar 1-son Sil Kasalliklari Klinik Shifoxonasida vrach-urolog boʼlib ishlagan.2020- yil aprelь oyidan xozirgi kunga kadar - Fargona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti Fakultet va Gospital Jarroxlik kafedrasi assistenti .

 

 

 Ziyaev Behzodjon Baxtiyor oʼgʼli- Аnestiziolog-Reanimatolog. Fargona Jamoat Salomatligi Tibbiyot institituti “Fakulьtet va Gospital jarroxlik” kafedrasi   assistenti. 1990- yil 15-mayda Fargʼona viloyati Bagʼdod tumanida tugʼilgan. 2010-2017 yillarda Toshkent Tibbiyot Аkademiyasida “Davolash ishi” fakultetini   tamomlagan. 2014-2017 yilda Toshkent Tibbiyot Аkademiyasi “Urologiya” yunalishini tamomlagan. 2017-2019 yillarda Аkademik V.Voxidov   Respublika  Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya Ilmiy-Аmaliy Tibbiyot Markazida “Аnestiziologiya va Reanimatsiya” yunalishi buyicha klinik ordinaturani   tamomlagan. 2019-2020 yillarda Аkademik V.Voxidov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya Ilmiy-Аmaliy Tibbiyot Markazida vrach   anesteziologi boʼlib ishlagan. 2020- yil may oyidan xozirgi kunga kadar - Fargona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti “Fakultet va Gospital Jarroxlik” kafedrasi assistenti