Virtual qabulxona

Telefon

(0373) 243-06-62

Elektron pochta

fmioz@mail.ru, fermedinuz@gmail.com

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Bosh sahifa

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i

Qodirov Baxtiyor Jamoldinovich

Tel:  (91) 124 17 04

E-mail: Versace0777@umail.uz

Manzil: Yangi turon ko’chasi 2 uy

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi.

Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, bevosita  Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tarkibiga kiradi.

Bo’lim o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’rsida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Davlat inspektsiyasi hamda filial direktorining buyruqlari va qonuniy ko’rsatmalariga, shuningdek Bo’lim to’g’risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.

Bo’limning huquq va majburiyatlari.

Bo’lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun institut tarkibiy tuzilmalaridan vazifalari doirasidagi zarur ma’lumotlar va materiallarni olish;

institut va uning tarkibiy tuzilmalarida talabalar, tinglovchilar va o’quvchilarni o’qitish sifatini, ta’limning tegishli turlari bo’yicha ishchi o’quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini DTSlariga, davlat talablariga, malaka talablariga va o’quv reja hamda fanlarning namunaviy dasturlariga muvofiqligini belgilangan tartibda o’rganish;

institutda attestatsiya jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish  bo’yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va uning o’z vaqtida bajarilishini nazoratga olish;

institutda ta’lim sifatiga oid qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa qarorlarning yetarli darajada ijrosi ta’minlanmaganligi aniqlanganda, mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko’rish uchun rahbariyatga takliflar kiritish;

institutda ijtimoiy muhitni, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o’rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o’qituvchi va kadrlar iste’molchilari o’rtasida ijtimoiy so’rovlar o’tkazilishini tashkil qilish;

ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo’yicha xalqaro konferentsiyalar, anjumanlar, simpoziumlar, seminar va o’quvlarda ishtirok etish;

belgilangan tartibda institut Kengashiga saylash va saylanish;

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan huquqlardan xizmat vazifasi doirasida foydalanish;

xizmat vazifalarini vijdonan bajaradi va o’z sha’niga dog’ tushurmaydi;

Davlat inspektsiyasiga taqdim qilinayotgan ma’lumotlarining haqqoniyligiga hamda institutning ishchi o’quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini tayyorlash sifati, bitiruvchilarning yakuniy attestatsiya va reyting baholari xolisligini belgilangan tartibda nazoratini tashkil etishga javob beradi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, o’quv va mehnat intizomiga, mehnatni muxofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Ustavi, ichki tartib hamda odob-ahloq qoidalariga rioya etadi.