Virtual qabulxona

(0373) 245-59-07 (0595) 401-06-63

fmioz@mail.ru fermedinuz@gmail.com

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Komplaens nazorat tizimini boshqarish bo’limi

Bosh sahifa

Komplaens nazorat tizimini boshqarish bo’limi

Komplaens nazorat tizimini boshqarish bo’limi

Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutning Korruptsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi

Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti (keyingi o’rinlarda – FJSTI) Korruptsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi (keyingi o’rinlarda - Bo’lim) 2021 yil avgust oyida tashkil etilgan bo’lib, shtat birligi 1 ta bo’lim boshlig’i va 1 ta bosh mutaxassisdan iborat. Bo’lim FJSTIning tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi. Bo’limning 2021 yil 3 avgust kuni Nizomi ishlab chiqib tasdiqlangan. Mazkur nizomda bo’limning asosiy vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish, xodimlarning funktsional vazifalari hamda javobgarligi belgilangan.  Bo’limning faoliyati institutda “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish, shuningdek korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini olib borishga yo’naltirilgan bo’lib, o’z vakolatlari doirasida bevosita institut rektoriga bo’ysunadi hamda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklariga (keyingi o’rinlarda - vazirlik)ning Komplaens nazorat va korruptsiyaga qarshi kurashish bo’limiga hisobot beradi. Bo’lim o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlik buyruqlariga va Hay’ati qarorlariga hamda bo’limning Nizomi, institutning ichki buyruqlari, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

   Quyidagilar Bo’limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

   FJSTIda  korruptsiyaga   oid  huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;institutni “Korruptsiyasiz soha” loyihasini institut miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;institutda korruptsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo’lgan yunalishlar hamda korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash; institutda korruptsiya ko’rinishlari namoyon bo’lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish; institutda korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korruptsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash; institutda korruptsiyaga qarshi kurashishga yo’naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korruptsiyaga qarshi monitoring olib borish; korruptsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o’rganish hamda ilg’or jihatlarni tatbiq etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish; institutda korruptsiyaning holati, tendentsiyalari va sabablari hamda korruptsiyaga qarshi choralar ko’rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish; Bo’lim o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi: institutda korruptsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlar, shuningdek, Vazirlik Hay’ati qarorlari va buyruqlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib borish; korruptsiyaga oid huqukbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to’liq, sifatli va o’z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi, belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi axvolini o’ganadi, natijalari bo’yicha ma’lumotlar tayyorlash; nstitutda “Korruptsiyasiz soxa” loyihasini amalga oshirish; institutda korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha chora- tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun rektorga kiritish; institutda korruptsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi va ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish; institutning professor-o’kituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi va o’quv-yordamchi xodimlarining xatti-xarakatlaridagi korruptsiyaviy xavf xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlar va anonim xabarlarni ko’rib chiqadi hamda o’rnatilgan tartibda chora-tadbirlar ishlab chiqish; institutda korruptsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari reestrini yuritib borish; davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to’qnashuvini taxlil qilishda va kontragentlarniig ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi va bu boradagi barcha hujjatlar bilan tanishib chiqish; institut xodimlari o’rtasida manfaatlar to’knashuvi monitoringini yuritadi va tegishli takliflar kiritadi; institutning professor—o’qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi, o’quv-yordamchi xodimlari o’rtasida muntazam ravishda profilaktik suxbatlar tashkil etib boradi; institut faoliyatida korruptsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida professor-o’kituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi, o’quv-yordamchi xodimlar, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar) va aholi o’rtasida so’rovlar, anonim izlanishlar o’tkazadi; so’rovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korruptsiyaga qarshi kurashish targ’iboti bo’yicha chora-tadbirlar natijalari va ta’sirini muntazam ravishda baholab boradi hamda keyingi chora-tadbirlarni belgilashda baholash natijalaridan foydalanadi; professor-o’kituvchilar, talaba-yoshlar o’rtasida korruptsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan konferentsiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar tashkil etadi; institutda korruptsiyaga qarshi kurashish soxasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligiii baholaydi; institutda korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining shart-sharoitlari va sabablarini o’rganadi, shuningdek ularni bartaraf etish bo’yicha takliflarni ishlab chiqadi; institutning rasmiy veb-saytida “Korruptsiyaga qarshi kurashish” bo’limidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi; har chorakda va zaruratga ko’ra korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar hamda institutdagi korruptsiyaviy vaziyat haqida rektorga hamda Oliy va o’rta maxsus  ta’lim vazirligining Komplaens nazorat va korruptsiyaga qarshi kurashish bo’limiga xisobot beradi; institutda korruptsiyaga qarshi amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritadi, taxliliy materiallarni raxbariyatga hamda vazirlikka kiritib boradi.