Virtual qabulxona

(0373) 245-59-07 (0595) 401-06-63

fmioz@mail.ru fermedinuz@gmail.com

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari

Bosh sahifa

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari

Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutning Jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash, nazorat va monitoring  bo’limi ish faoliyati.

   Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti (keyingi o’rinlarda – FJSTI) Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo’limi (keyingi o’rinlarda - Bo’lim)  shtat birligi 1 ta bo’lim boshlig’i va 1 ta bosh mutaxassisdan iborat. Bo’lim FJSTIning tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi. Bo’limning nizomi ishlab chiqib tasdiqlangan. Mazkur nizomda bo’limning asosiy vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish, xodimlarning funktsional vazifalari hamda javobgarligi belgilangan.        Bo’limning faoliyati institutda monitoring va nazorat tizimini boshqarish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murjaatlarini qabul qilib borishga yo’naltirilgan bo’lib, o’z vakolatlari doirasida bevosita institut rektoriga bo’ysunadi hamda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklariga (keyingi o’rinlarda - vazirlik)ning Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo’limiga hisobot beradi. Bo’lim o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlik buyruqlariga va Hay’ati qarorlariga hamda bo’limning Nizomi, institutning ichki buyruqlari, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. Quyidagilar Bo’limning asosiy vazifalari hisoblanadi: Institutda O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim sohasiga oid qonunlari, yuqori tashkilotlarning qaror va farmoyishlarini, vazirlikning Hay’at qarorlari, buyruq, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek institutning Kengash qarori va buyruqlarining bajarilish nazoratini ta’minlash va monitoringini olib borish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o’rganib chiqish Kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo’lgan ehtiyoj va mehnat bozorini rivojlantirish va oliy o’quv yurtlari bo’yicha rejalashtirilgan barcha tadbirlarni hamda moddiy-texnika bazasining monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish. Professor-o’qituvchilar tarkibi va xalq xo’jaligi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatining ichki nazoratini tashkil etish va o’tkazish. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo’limi o’ziga yuklatilgan vazifalar doirasida:Institutda ta’lim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalari bo’yicha amaliy va uslubiy yordam ko’rsatadi.Institutda ta’limning holati va rivojlanishi haqida ma’lumotlar bankini tashkil qiladi va tartibga solib turadi.korruptsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o’rganish hamda ilg’or jihatlarni tatbiq etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;Oliy ta’limni boshqarish organlari (vazirlik, rektorat, institut kengashi)ga ta’limni isloh qilish va takomillashtirish bo’yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi. Institut kengashi qarori va buyruqlar ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Institut ijrochilik faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha amaliy va uslubiy yordam ko’rsatadi.Institutda ilg’or tajribalarni o’rganadi, umumlashtiradi va ularni ommalashtirishga imkoniyat yaratadi.Professor-o’qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarining tadbiq etilishini amalga oshiradi.Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo’limi tadbirlari natijalari bo’yicha: Institutda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlari, ta’lim masalalari bo’yicha respublika hukumati qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruq, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini bajarilishi haqidagi monitoring ma’lumotlarini vazirlikning Monitoring bo’limiga va tegishli boshqarmalariga o’z muddatida sifatli taqdim qilishni ta’minlaydi. Xulosada ko’rsatilgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf qilish bo’yicha aniq takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etiladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo’limi quyidagi huquqlarga ega: Institut O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlari, ta’lim masalalari bo’yicha respublika hukumati qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruq, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek universitet Kengashi qarori va buyruqlar bajarilishini bo’limlar, fakultetlarda, kafedralarda tahlil qilish, natijalarni universitet Kengashiga taqdim etish; Institut va unga tegishli ta’lim muassasalarida (malaka oshirish instituti, litseylar va boshqalar) ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini nazoratdan o’tkazish; Institut va unga tegishli ta’lim muassasalarida bo’ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish; Institut faoliyatini o’rganish bo’yicha fakulьtetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalardan o’z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish; Kurs loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish, davlat attestatsiyalarining o’tkazilishini, barcha turdagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarni ko’rib chiqish; Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo’limi faoliyati har yili oliy ta’lim muassasasi Kengashida muhokama qilinadi va bu haqdagi hisobot vazirlikka o’quv yilining oxirida taqdim etiladi.