Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

O‘quv-uslubiy bo`lim

Bosh sahifa

O‘quv-uslubiy bo`lim

person

O‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i

Muydinov Firuz Farxodjonovich

Qabul vaqti:
 

Dushanba-Shanba 08:30-16:00

Telefon:
 

+998 91 128-77-27

Elektron pochta:
 

info@fjsti.uz

O‘quv-uslubiy bo`lim

  Fargona jamoat salomatligi tibbiyot institutida o‘quv jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlar asosida tashkil etilgan hamda “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq faoliyat yuritadi. Hozirgi paytda institutda 9 ta bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha 2856 ta talabalar tahsil olmoqda. Institutning 3 ta fakulteti va 24 ta kafedrasida jmi 160 nafar professor-o‘qituvchilar: 8 nafar tibbiyot fanlari doktori (ulardan 2 tasi professor), 29 ta tibbiyot fanlari nomzodi (ulardan 10 nafari dotsent), 28 nafar katta o‘qituvchi hamda 91 nafar o‘qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.

            O‘QUV-USLUBIY BO‘LIMINING MAJBURIYATLARI VA FUNKSIYALAR:

          O‘quv-uslubiy bo‘lim Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining tarkibiy bo‘linmalaridan bo‘lib, uning asosiy vazifalari institutdagi o‘quv jarayonini rejalashtirish va nazorat qilish hisoblanadi.

          Аsosiy funksiyalari:  O‘quv yili uchun talabalar, o‘quv guruhlari va oqimlar sonini hisoblash; O‘quv yili uchun kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘quv va boshqa ish turlari hajmini hisoblash va muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan davlat attestatsiya komissiya raislarini muvofiqlashtirish; Talabalarning boshqa oliy taʼlim muassasalaridan ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolarga tegishli maslahatlar berish;   

  • O`zbekiston Respublikasining ta`limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Hay`at Qarorlari, buyruqlari, yo`riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo`limlarda bajarilishini ta`minlash va monitoringini olib borish
  • O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga etkazib borish
  • Davlat ta`lim standartlari asosida o`quv ishlarni tashkil etilishini ta`minlash
  • Fakultet va kafedralar o`quv ish rejalarini bajarilishini ta`minlash
  • Boshqarmaning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish
  • O`tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o`qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini ta`minlash va nazorat qilish
  • O`quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish
  • Fakultet va kafedralarning yillik faoliyati hisobotlarini ta`minlash, tahlil qilish
  • FJSTIni o`rnatilgan tartibda ichki attestatsiyadan o`tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o`tkazish bo`yicha tegishli ishlarni amalga oshirish
  • O`quv yiliga tayyorgarlik ko`rish va o`quv jarayonining yillik ish rejasini tuzilishini ta`minlash
  • Fakultet va kafedralarda o`quv yuklamalari xisob kitobini to`g`ri va mavjud me`yoriy xujjatlarga asosan taqsimlanishini ta`minlash va nazorat qilish
  • Institutda auditoriya fondini ishlatish, foydalanish va ularni taqsimlanishini ta`minlash
  • Institutda soatbay fondini to`g`ri ishlatilishini ta`minlash va nazorat qilish
  • O`quv-uslubiy jarayoniga tegishli hujjatlar mavjudligi va saqlanishini ta`minlash
  • Barcha fakultetlarda darsliklar va o`quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishini, o`quv-uslubiy majmualar bilan ta`minlanishi bo`yicha ishlarni tashkil etish
  • Tibbiyot kadrlari va mutaxassislarini tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni, professor-o`qituvchilar malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishini ta`minlash
  • Barcha ta`lim yo`nalishlarini o`quv reja va fan dasturlari bilan ta`minlash
  • Talabalarning o`quv va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etilishini ta`minlash
  • Talabalar bilimini baholashning zamonaviy reyting tizimlarini tatbiq etilishini ta`minlash
  • Talabalarni mustaqil ta`lim olishlari uchun zamonaviy usul va vositalarini tatbiq etishni ta`minlash
  • FJSTI Ilmiy kengashi rejasi asosida o`quv jarayoniga tegishli masalalarni belgilangan muddatda sifatli tayyorlashini ta`minlash
  • Boshqarma faoliyatiga oid ma`lumot va hisobotlarni Vazirlikka o`z vaqtida, o`rnatilgan tartibda taqdim etib borish.