Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Ordinatura test sinovi manzillari-2024

Bosh sahifa

Ordinatura test sinovi manzillari-2024

Ordinatura test sinovi manzillari-2024

Joriy yilning 24-26-avgust kunlari yurtimiz ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari, oliy tibbiy taʼlim oʻquv yurtlari va klinik ordinatorlarni oʻqitish vakolati berilgan xususiy klinikalari uchun klinik ordinaturaga qabul imtihonlari boʻlib oʻtadi.

IMTIHONLAR QUYIDAGI MANZILLARDA OʻTKAZILADI:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun:

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlimi binosi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Amir Temur koʻchasi, 185-uy  (oldingi M.Gorkiy koʻchasi).

 Andijon, Fargʻona, Namangan viloyatlari uchun:

Andijon davlat tibbiyot instituti (asosiy binosi).

Y.Otabekova koʻchasi, 1-uy.

Buxoro, Navoiy viloyatlari uchun:

Buxoro davlat tibbiyot instituti yangi binosi.

Buxoro shahri, Gʻijduvon koʻchasi, 10-uy.

Xorazm viloyati uchun:

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi Xorazm viloyati boʻlimi binosi.

Urganch shahri, Hamza koʻchasi, 11-B-uy.

Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari uchun:

Samarqand davlat tibbiyot universiteti yangi binosi maʼruza zallari.

Samarqand shahri, Amir Temur koʻchasi, 18-uy.

Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari uchun:

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi binosi:

Yashnobod tumani, Sultonali Mashhadiy koʻchasi, 197- uy.

 DIQQAT! Eslatma! Test sinovlariga kirish 24-26-avgust kunlari soat 7:00 da boshlanib, talabgorlardan tmbm.ssv.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma va oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli bilan imtihon manzillariga imtihon boshlanishidan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari soʻraladi.

Kirish imtihonlariga hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qoʻshimcha tanlov oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.