Ordinatura qabul komissiyasi yangiliklari-2024
Klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlari quyidagi manzillarda tashkil etilshi SSVning Buyrug‘iga asosan belgilandi:
Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlaridan klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlarida qatnashuvchi talabgorlar uchun Markaz (Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Sultonali Mashhadiy koʻchasi, 197-uy)da tashkil etilgan imtihon zalida oʻtkazilishi;
Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlaridan klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlarida qatnashuvchi talabgorlar uchun Markazning Samarqand viloyati hududiy boʻlimi tomonidan Samarqand davlat tibbiyot universtiteti (Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Amir Temur koʻchasi, 18-uy, Samarqand davlat tibbiyot universtiteti bosh binosi)da tashkil etiladigan imtihon zalida oʻtkazilishi;
Andijon, Fargʻona, Namangan viloyatlaridan klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlarida qatnashuvchi talabgorlar uchun Markazning Andijon viloyati hududiy boʻlimi tomonidan Andijon davlat tibbiyot instituti (Manzil: Andijon viloyati, Andijon shahri, Y.Otabekova koʻchasi, 1-uy, Andijon davlat tibbiyot instituti asosiy binosi)da tashkil etiladigan imtihon zalida oʻtkazilishi;
Buxoro, Navoiy viloyatlaridan klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlarida qatnashuvchi talabgorlar uchun Markazning Buxoro viloyati hududiy boʻlimi tomonidan Buxoro davlat tibbiyot instituti (Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Gʻijduvon koʻchasi, 10-uy, Buxoro davlat tibbiyot instituti yangi binosi)da tashkil etiladigan imtihon zalida oʻtkazilishi;
Xorazm viloyatidan klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlarida qatnashuvchi talabgorlar uchun Markazning Xorazm viloyati hududiy boʻlimi (Manzil: Xorazm viloyati, Urganch shahri, Xamza koʻchasi, 11-B-uy)da tashkil etiladigan imtihon zalida oʻtkazilishi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasidan klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlarida qatnashuvchi talabgorlar uchun Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlimi (Manzil: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Amir Temur koʻchasi, 185-uy (oldingi M.Gorkiy koʻchasi)da tashkil etiladigan imtihon zalida oʻtkazilishi belgilandi.